Sony Xperia XZ3: flagmanning ilk tasviri bilan tanishing

  •   Saroy
  •  1755
  •  27.08.2018 16:48

Sony Xperia XZ3: flagmanning ilk tasviri bilan tanishing

Sony kompaniyasi 30 avgustda Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasi doirasida o‘zining taqdimotini ham o‘tkazadi. Unda yangi  Xperia XZ3 va XZ3 Compact flagman smartfonlari namoyish etilishi rejalashtirilgan. Anonsga bir necha kun qolganda yangi smartfonning renderi reklama materiallari bilan birga paydo bo‘ldi.

Xperia XZ3 tashqi tomondan qaraganda, bundan atigi yarim yil avval chiqarilgan  so‘nggi  Xperia XZ2 modelidan aslo farq qilmaydi. Bu, metall romga va displeyi atrofida unchalik katta bo‘lmagan aylana romga ega  shisha qopqoqli qurilma. Barmoq izlari skaneri avvalgi joyida qolgan, ya’ni asosiy kamera ostida.

Smartfon ekrani 5,7-dyuymga ega bo‘ladi va uning tomonlar nisbati 18:9, formati — Full HD+ yoki 1080×2160 pikselli. Qurilmaning orqasiga barmoq izlari skaneri va 19+12 MP formatli ikkitalik kamera joylashtirilgan. Ichki detallari bo‘yicha u ham XZ2’dan uzoqqa ketmagan: o‘sha top Snapdragon 845 protsessori hamda tezkor xotirasi  4 dan 6 Gigabaytgacha kuchaytirilgan.

O‘QING:Sony Xperia XZ Premium kamerasi iPhone 7 Plus’ga qarshi

Savol tug‘iladi, nima uchun yarim yildan keyin Sony yana o‘sha eski dizayndagi va qariyb tavsifi ham bir xil smartfonni chiarmoqda. Ehtimol,  Xperia XZ3 avvalgi modelida mavjud bo‘lmagan  qandaydir kuchli yangilik bilan boyitilgandir. Agar shunday yo‘l tutilgan bo‘lsa, demak to‘g‘ri o‘ylangan taktika, desak bo‘ladi. Bir vaqtlar Meizu ham xuddi shunday yo‘l tutgan edi. Avval boshda Meizu 15 taqdim etildi va yana yarim yildan keyin esa ekranida barmoq izlari skaneri bilan Meizu 16 chini  namoyish qilishdi.

Iyulda Xperia XZ3 internet-do‘konlarda paydo bo‘ldi, natijada yangi qurilmaning narxi ham ma’lum bo‘ldi. Start paytida qurilma qariyb ming dollar turadi. O‘tgan yilgi Xperia XZ2 modeli ham sotuvning dastlabki kunlarida taxminan shuncha turgandi, hozir esa ancha arzon.

O‘QING:Sony Xperia turkumidagi smartfonlar sotuvi 33 foizga qisqardi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!