«Startap-tashabbuslari» dasturining uchinchi bosqich ishini boshladi

«Startap-tashabbuslari» dasturining uchinchi bosqich ishini boshladi

Kechadan boshlab O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekiston Respublikasi hudularida tadbirkorlik muhitini takomillashtirish» qo‘shma loyihasi tomonidan yurtimizda «Startap-tashabbuslari» yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan dastur o‘z ishini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati nashrimizga ma’lum qildi.

Tanlov saralashining natijasiga ko‘ra, «Startap-tashabbuslari» dasturining uchinchi davrida butun Toshkentdan topshirilgan 32 ta startap-loyiha ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston viloyatlaridan topshirilgan loyihalar orasida tanlovi bo‘lib o‘tmoqda va ular uchun mahalliy seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi.

Joriy yilda startap-loyihalar mamlakatning barcha hududlarini qamrab oldi. E-tijorat sohasidagi loyihalar, yetkazib berish xizmatlari eng ommaviy bo‘lib qolayotganiga qaramasdan, joriy yilda yangi texnologiyalar taqdim etilgan onlayn ta’lim sohasida, qishloq xo‘jaligi va kraudfanding sohasidagi loyihalar ham taqdim etilgan.

Dasturni besh kunlik intensiv seminar boshlab berib, unda ishtirokchilar «LeanStartup» (tejamkor startap) usuli bo‘yicha starapni ishga tushirish asoslarini o‘rganadilar. Ta’lim qismidan keyin yosh startapchilar loyihalarini amalga oshirishga kirishadilar, ya’ni loyihani rivojlantirish «yo‘l xaritasini» yaratadilar, prototipni ishlab chiqadilar va sinov sotuvlarini amalga oshira boshlaydilar.

O‘QING: O‘zbekistonda bepul startap-akseleratorlar tashkil etilishi arafasida

Dastur davomida loyihalarga trekerlar (ya’ni, jamoa rivojlanishi kuzatib, belgilangan maqsadlarga erishish masalalari bo‘yicha maslahat beradigan tajribali murabbiylar) yo‘nalish va maslahat berib boradilar. Dasturning har bir bosqichida ishtirokchilar uchun marketing, soliqqa tortish, biznes yuritishning yuridik jihatlariga oid masalalar bo‘yicha manzilli mahorat maktablari tashkil etiladi.

Joriy yilda dastlabki davrni o‘tkazish tajribasidan kelib chiqqan holda, asosiy e’tibor ishtirokchilarga texnik ko‘mak ko‘rsatishga qaratiladi. Buning uchun murabbiylar va trekerlar sifatida startaplarni yaratishda katta tajribaga ega bo‘lgan bozor yetakchilari – tadbirkorlar jalb etilgan. Ekspertlar jamoasi Paynet, MyTaxi, Robokidz asoschilari, StartupFactory akseleratsiya dasturining direktori va boshqa malakali mutaxassislardan iborat.

Uch oylik dastur natijalariga ko‘ra bitiruvchi-jamoalar biznes-loyihalarini yanada rivojlantirish uchun manfaatdor tashkilotlar va investorlarni jalb qilish maqsadida, o‘z loyihalarini «Demo Day» (namoyish kunida) taqdim etadilar. «Demo Day» yakunlari bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan beshta loyiha o‘z startaplarini rivojlantirish uchun beg‘araz sarmoya shaklida mablag‘ga ham ega bo‘ladilar.

Joriy yilda alohida seminarlar va mahorat darslari Toshkent shahridan tashqari, Namangan va Samarqand viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkaziladi. Dasturning hududiy bosqichi yakunlanganidan so‘ng, ekspert guruhi tomonidan saralab olingan 3 tagacha eng yaxshi loyiha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Demo Day» yakuniy tadbirida ishtiroketish imkonini qo‘lga kiritadi.

Mazkur Dastur ta’lim va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqani yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarga tadbirkorlarning ko‘magiga ega bo‘lib ularning biznes yaratish bo‘yicha tajribasini o‘rganish imkonini beradi. O‘z navbatida, yoshlar ham tadbirkorlarning faoliyatida yangi yo‘nalish kasb etishi mumkin bo‘lgan innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari bilan bo‘lishadilar.

O‘QING: Dunyodagi eng qimmat startap

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!