Telegram’da yangi tanlov: sovrin jamg‘armasi 100 000 dollar!

  •   DiMaX
  •  3149
  •  21.11.2019 09:56

Telegram’da yangi tanlov: sovrin jamg‘armasi 100 000 dollar!

Ommabop Telegram messenjeri jamoasi yangiliklarni ranjirovka qilish uchun algoritm yaratish tanlovini e’lon qildi. Tanlovning birinchi bosqichiga ajratilgan sovrin jamg‘armasi yuz ming AQSh dollariga teng.

O‘QING: Telegram’ni o‘zbekchaga o‘girishda ko‘maklashing!

Tushuntirish berib o‘tsak: ranjirovka (ranjirovaniye) bu – sayt sahifasini baholash va foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra qidiruv natijalarida uning o‘rnini aniqlash jarayonidir.

Telegram rasmiy e’loniga ko‘ra, dasturchilar tayyorlaydigan algoritm barcha ingliz tilli va rus tilli matnlarni belgilashi, keyin ular orasidan faqat yangiliklarni qoldirishi, so‘ng shularni yettita toifa (jamiyat, iqtisodiyot, ko‘ngilochar, fan, sport va hokazo) bo‘yicha saralashi lozim. Bundan tashqari, materiallar muhimligiga ko‘ra saralanishi hamda umumiy sarlavha ostida syujetlarga birlashtirilishi ham kerak.

Tanlov ishtirokchilariga standalone-ilova yaratish uchun ikki hafta muhlat berilgan. Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati – 2019 yilning 2 dekabri, Moskva vaqti bilan soat 22:50 hisoblanadi, Toshkent vaqti bilan esa bu 3 dekabrga o‘tar tundagi soat 00:50 ga to‘g‘ri keladi. Dasturchilar shu muddatgacha o‘z ishlanmalarini @jobs_bot maxsus botiga yuborishlari lozim.

Ta’kidlash kerakki, Telegram avvalroq messenjerning soddalashtirilgan veb-versiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ham tanlov e’lon qilgan, uning sovrin jamg‘armasi esa 200 ming AQSh dollariga teng. Marhamat, dasturchilar ushbu ikki tanlovda o‘z mahoratlarini namoyon etishlari va bundan yaxshi daromad olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram yangilandi. Yangi talqinda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!