Toshkent shahar hokimligi investitsiya portalini ishga tushirdi

Toshkent shahar hokimligi investitsiya portalini ishga tushirdi

Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlar uchun tashinvest.uz  interaktiv portal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Spot ma’lum qildi.

Mazkur investitsiya portali orqali nafaqat mamlakatimiz, balki xorij ishbilarmonlari o‘z loyihalarini onlayn tarzda yuborishlari mumkin.

Manbada yozilishicha, portalda investorlarning qimmatli vaqtini tejash, masofadan turib beznes loyihalarini taqdim etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun portalda maxsus so‘rovnomani to‘ldirib ariza qoldirish imkoniyati mavjud.

Ta’kidlanishicha, Invest portalining yana bir afzallik jihati investor taqdim etgan loyihasining qaysi bosqichda ko‘rib chiqilayotganini kuzatib boradi. Yuborilgan arizalarga qisqa muddatda javob beriladi.

O‘QING: Endi nikoh qurish uchun onlayn tarzda ariza berish mumkin!