Twitter uzoq kutilgan funksiyaga ega bo‘ldi (+video)

  •   DiMaX
  •  521
  •  07.05.2019 16:46

Twitter uzoq kutilgan funksiyaga ega bo‘ldi (+video)

Mikrobloglar servisi – Twitter jamoasi foydalanuvchilar ko‘pdan beri kutayotgan funksiyaning ishga tushirilganini e’lon qildi. Ya’ni, endi retvitlarga mediakontent ham qo‘shish mumkin bo‘ldi.

O‘QING: Facebook va Twitter jarimaga tortildi, ularni yana bloklashlari ham mumkin!

Lo‘nda qilib aytganda, endi birovning tvitini ulashayotganda, unga fotosurat, animatsiyali GIF-fayl yoki videolavha qo‘shib retvit qilish mumkin.

Ayni damda ushbu imkoniyat Twitter servisining iOS hamda Android uchun ishlangan ilovalarida hamda mobil veb-versiyasida amal qilmoqda. Uning desktop veb-versiyasida hozircha bu funksiya ishga tushmagan.

O‘QING: Snouden maslahatiga ko‘ra, Twitter’ga ham Telegram’ning muhim xususiyati tatbiq etiladi

Mana, yangi imkoniyatdan qanday foydalanishni quyidagi lavhada ko‘ramiz:

Twitter dasturchilarining The Verge nashriga bergan intervyularida ta’kidlanishicha, bu funksiyaning ishga tushirilishi birmuncha qiyin kechgan. Ular kishilarga mediafaylli retvitning mazmunini tezda anglash qiyin bo‘lishini payqashgan. Shu boisdan original tvitni ixchamroq ichki seksiyaga joylab, retvit mediafaylni esa to‘liq o‘lchamli qilishgan.

O‘QING: Foydalanuvchilar 12 yildan beri kutayotgan imkoniyat Twitter’ga joriy etiladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!