Ucell «Dunyo bo‘ylab» aksiyasining yakuniy o‘yinini o‘tkazdi

  •   DiMaX
  •  1039
  •  28.01.2017 12:43

Ucell «Dunyo bo‘ylab» aksiyasining yakuniy o‘yinini o‘tkazdi

O‘zbekiston bozorida birinchi bo‘lib Samarqand, Buxoro, Navoiy hududlarida bugungi kunda eng keng qamrovli 4G/LTE tarmog‘ini ishga tushirgan Ucell Kompaniyasi mobil internet foydalanuvchilarini rag‘batlantirish va qiziqtirish uchun maxsus aksiyalar o‘tkazib kelmoqda.

Kompaniyaning shunday tashabbuslaridan biri «Dunyo bo‘ylab» internet-aksiyasi bo‘ldi. U 2016 yilning 20 oktyabrida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2017 yilning 20 yanvarigacha davom etdi. Aksiya Ucell abonentlari – mobil internet foydalanuvchilariga dunyoning Malayziya, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari va Indoneziya kabi jannatmonand go‘shalaridan biriga sayohat qilish imkoniyatini taqdim etdi.

Aksiya shartlariga ko‘ra, imkoniyatlar Internetga sarflangan (Internet xizmatlari uchun abonent to‘lovi ham inobatga olingan holda) har $1 uchun taqdim etildi. Aksiya doirasidagi 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan yakuniy yutuqlar o‘yinida Ucell sovrinlarining baxtli sohiblari aniqlandi. Tadbir Toshkentning ommabop maskanlaridan birida bo‘lib o‘tdi.

Ucell kompaniyasi xodimi Sobir Muxamedov bu haqda shunday deydi: «Ucell Kompaniyasi bu paytgacha ham o‘z abonentlarini mobil internetdan foydalanishga qiziqtiruvchi bir nechta aksiya o‘tkazgan. Ularda sovrin sifatida UYeFA Chempionlar ligasiga, shuningdek, Malayziyadagi Formula–1 Gran-prisiga yo‘llanma taqdim etilgan. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bu kabi aksiyalar mijozlarimizga ma’qul kelib, juda ommalashadi. Smartfonlardan foydalanish darajasining oshganligi va internet-qamrovning kengayganligi sababli mamlakatimizning yanada ko‘proq aholisi internetdagi muloqotni nafaqat foydali, balki yoqimli ham qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Aksiya g‘oliblarini tabriklaymiz va sayyoramizning jannatmonand go‘shalaridan birida o‘z vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini tilaymiz».

Bu kungi sovrinlar Aksiya boshlanganidan to 2016 yilning 20 noyabrigacha, 20 dekabrigacha, shuningdek 2017 yilning 20 yanvarigacha bo‘lgan bosqichlarda imkoniyatlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar uchun o‘ynaldi. Ya’ni, bosh sovrinlarning sohiblari uch nafar eng faol mobil internet foydalanuvchilari bo‘lishdi. Ular Tailand, Malayziya va BAAga sayyohlik yo‘llanmalarini yutib olishdi. Bu yo‘llanmalarning har biri ikki kishilikdir.

Ismini oshkor etishni istamagan aksiya sovrindori o‘z hayajoni va quvonchini biz bilan baham ko‘rdi: «Ochig‘ini aytganda, men g‘olib bo‘lishimni kutmagandim. Talabgorlar ko‘p edi, shu bois ham aynan menga omad kulib boqqanidan juda xursandman. Dunyoning ommabop sayyohlik maskanlaridan birida hordiq chiqarishni anchadan beri orzu qilardim, ammo bu orzum Ucell kompaniyasi sharofati bilan amalga oshishini hech o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Mobil internetdan men ko‘p foydalanaman – ish uchun ham, kundalik muloqotlar uchun ham. Birorta kunimni ham Telegram orqali xabarlashmasdan, yoki bo‘lmasa saytlardan yangiliklarni o‘qimasdan o‘tkazishni tasavvur qila olmayman. Men Ucelldan juda minnatdorman, kompaniya ikki kishilik yo‘llanma hadya etdi, bu esa shuni anglatadiki, mazkur sayohat umr yo‘ldoshim uchun ham ajoyib sovg‘a bo‘ladi».

Aksiyaning  boshqa ishtirokchilari ham e’tibordan chetda qolishmadi. Yakuniy o‘yin natijalariga ko‘ra ular Kompaniyadan qimmatbaho sovg‘alar olishdi. Bu – Samsung Galaxy S7 EDGE, Samsung Galaxy S7, Samsung Galaxy Note 5, shuningdek Galaxy A7 2016 smartfonlaridir.

Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan furshet hamda turli qiziqarli tezkor o‘yinlar, hazilnamo savol-javoblar, esdalik sovg‘alari ham mehmonlarning ko‘nglini xushnud etdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!