Ucell’dan yangi xizmat: ham bolalar uchun, ham ota-onalar uchun g‘amxo‘rlik

  •   DiMaX
  •  888
  •  09.07.2019 12:48

Ucell’dan yangi xizmat: ham bolalar uchun, ham ota-onalar uchun g‘amxo‘rlik

«COSCOM» mas’uliyati cheklangan jamiyati yurtimizda Ucell savdo belgisi ostida uyali aloqa va mobil internet xizmatlarini ko‘rsatib kelayotir. Uning yangi – «Bolalar uchun» xizmati yosh bolalar hamda ularning ota-onalari uchun maqbul takliflardan biridir.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

Bolajonlar uchun internetdan xavfsiz foydalanish imkoni, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ongni o‘stiruvchi va ko‘ngilochar kontent, telefon orqali hamyonbop narxlarda qo‘ng‘iroqlar qilish hamda xalqaro qo‘ng‘iroq va SMSlar uchun ortiqcha xarajatlardan xalos bo‘lish – bularning barchasi «Bolalar uchun» xizmatida mujassam.

Odatda bolalarga aytilgan taqiqlar umuman ishlamaydi yoki ota-onalari ko‘zlaganidek ta’sir etmaydi. Shu boisdan Ucell operatori «Bolalar uchun» xizmatini ulatishni taklif qiladi. Bunda farzandingiz faqat ruxsat etilganlar ro‘yxatidagi saytlargagina kira oladi.

Yangi xizmat bu – ikids.uz resursidan cheklovsiz foydalanish imkonidir: farzandingiz bu yerda bolalarga mos multfilm va kinofilmlar, seriallar, onlayn-TV, karaoke, onlayn o‘yinlar, musiqa, bolalar adabiyoti va audiokitoblar, bo‘yash mashqlari hamda qo‘lda yasash mashqlari bilan vaqtini xush o‘tkazishi mumkin.

«Bolalar uchun» xizmatining yana bir qulayligi bu – ikkita Ucell raqamiga qo‘ng‘iroq qilish uchun imtiyozli narxlar belgilanganligidir. Bolalar o‘z ota-onalariga hamyonbop tarifga ko‘ra qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro qo‘ng‘iroqlar va SMSlardan foydalanishga cheklov qo‘yilganligi ota-onalarga bolalarning ehtiyotsizligi tufayli ortiqcha xarajatlar qilmaslik imkonini beradi.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun juda foydali, lekin ko‘pchilik bilmagan beshta USSD-so‘rov

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!