Virtual reallik taomni shirin qilar ekan

  •   Saroy
  •  505
  •  20.10.2018 13:57

Virtual reallik taomni shirin qilar ekan

Kornell universitetida virtual reallik bilan tajriba o‘tkazildi. Tajriba doirasida qatnashchilarga turli sharoitlarda bir xil pishloq tarqatishdi, VR-shlem kiyganlarga ham. Ma’lum bo‘lishicha, haqiqiy reallikka qaraganda virtual reallikda pishloq ta’mi ancha shirin bo‘larkan.

Tajribada 50 kishi ishtirok etdi. Ularning har biri odatiy holatda, ya’ni xonada, hiyobondagi skameykada va yana boshiga virtual reallik  shlemini kiyib  olgan holda pishloq yeb ko‘rishdi. Ularni 360 darajali videorolikda ko‘rsatib turishdi. Ishtirokchilar barchasi bitta pishloqni turli sharoitlarda tatib ko‘rayotganini bilishmasdi. Ularga faqat taomdan olgan taassurotni bayon qilish talab qilinardi. G‘alabani virtual reallik ilib ketdi.

O‘QING:Xiaomi vitse-prezidenti Facebook’da virtual reallik yo‘nalishini boshqaradi

Universitet tadqiqotchilaridan biri Robin Dandoning ta’kidlashicha, odam taomning faqat ta’miga qaramaydi. Hid, ovoz va hatto atrof muhit ham muhim rol o‘ynaydi. Olimlar ushbu tajribasi bilan, virtual reallikdan nafaqat vaqtni chog‘ o‘tkazish uchun foydalanish mumkin, balki u oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarga ham asqotishini tekshirib ko‘rishgan. Masalan tayorlagan taominining ta’mini turli sharoitlarda tatib ko‘rsa oladi.

O‘QING:Virtual reallikni qanday kelajak kutmoqda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!