Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1057
  •  11.12.2019 11:08

Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

2019 yil sentyabrda namoyish etilgan, alohida turkumdagi Xiaomi Mi Mix Alpha konseptual 5G-smartfonining rasman savdosi boshlanmagan bo‘lsa-da, uni allaqachon naq 140 ming dollardan taklif qilishyapti. «Xitoycha Apple» esa endi ushbu turkumning navbatdagi vakili – Mi Mix 4 smartfonini tayyorlamoqda.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarida endi «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llanadi

Biz allaqachon uning ekrani yoqiq holda ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videosini hamda suratini e’lon qilganmiz. Xiaomi ushbu qurilmasida o‘zining yangi – «yashirin kamera» texnologiyasini qo‘llashi aytilgan, bu – ekranosti selfi-kameradir.

Kecha – 2019 yilning 10 dekabrida Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasini taqdim etgan Xiaomi bugun navbatdagi tizer-posterini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yillik CES 2020 ko‘rgazmasi doirasida, 10 yanvar kuni kompaniya o‘zining yangi innovatsion smartfonini namoyish qiladi:

Ushbu rasmga sinchiklab nazar solsangiz, uning yuqori qismida bilinar-bilinmas qilib yozilgan «MIX» so‘zini payqaysiz:

Demak, o‘sha kuni ko‘rsatiladigan smartfon Mix turkumiga mansub; bu lineykada esa navbat Mi Mix 4 modeliga kelgan. Yozuvning bilinar-bilinmas qilib qo‘yilgani – old kameraning displeyda bilinmay turishiga ishoradir.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.