Xitoy regulyatorida Xiaomi’ning yana bir – Mi Mix Fold buklamafoni «qo‘lga tushdi»!
Hozirgacha bir nechta smartfonsozlar qayishqoq ekranli buklamafon ishlab chiqishgan, ba’zilari faqat prototipini namoyish etishgan. Xiaomi ham bir nechta buklama telefon prototipini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, hali birortasini rasman taqdim qilmagan.
Xitoy Intellektual mulk boshqarmasi (Chinese National Intellectual Property Administration – CNIPA) ma’lumotlar bazasida Xiaomi’ning yana bir innovatsion ishlanmasi uchrab qoldi. Uni topib e’lon qilgan 91mobiles resursiga ko‘ra, kompaniya ushbu mahsulotini Xiaomi Mi Mix Fold deb nomlayapti.
Manbaning ta’kidlashicha, Xiaomi uni eng ilg‘or Android-protsessor – Snapdragon 865 bilan ta’minlayapti.
O‘QING: Xiaomi yana buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatib maqtandi
Xiaomi Mi Mix Fold konstruksiyasi o‘tgan yilgi Huawei Mate X buklamafoniga juda o‘xshash. Sodda qilib aytganda, bukilganida uning ekrani tashqarida qoladi.
Mi Mix Fold ekranining tirqishida qo‘shaloq kamera ko‘zga tashlanadi. Undan smartfon «yoyiq» bo‘lgan holatda ham, «yopilgan» holatdayam foydalansa bo‘ladi – selfi uchun boshqa kameraga ehtiyoj yo‘q.
Xiaomi ushbu smartfonini Android bazasidagi MIUI grafik qobig‘ining aynan buklamafonlarga moslangan versiyasi bilan chiqarishi aniq. Faqat uning namoyish sanasi ham, boshqa texnik jihatlari ham hozircha noma’lum.
O‘QING: Kokain mojarosi: Samsung va boshqalar atigi 349 dollarlik buklamafondan nega qo‘rqyapti?