Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga «sun’iy ong»li barqaror global MIUI 10 chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2403
  •  15.11.2018 09:24

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga «sun’iy ong»li barqaror global MIUI 10 chiqdi!

Xiaomi kompaniyasi o‘z mobil qurilmalari uchun barqaror MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan global proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda. Shuningdek, u mazkur talqindagi apdeytning turli modellardagi smartfonlariga tarqatilish rejasini ham e’lon qilgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining Android Pie asosidagi MIUI 10’gacha yangilanish jadvali

Kecha – 14 noyabr kuni yana beshta smartfon uchun barqaror MIUI 10 bazasidagi global proshivka taqdim etildi. Bular – Redmi Note 6 Pro, Redmi Note 4, Redmi Note 4X hamda Xiaomi Mi 5s rusumli qurilmalardir.

Mazkur apdeytning «havo orqali» tarqatilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shu bois ushbu rusumlardagi smartfonlar egalari o‘z qurilmalaridagi yangilanishlarni tekshirib turishlari tavsiya etiladi.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Shunisi borki, Redmi Note 6 Pro uchun MIUI 10 asosida tayyorlangan global proshivka Android operatsion tizimining 8.1 Oreo talqiniga tayanadi. Qolgan uchta smartfon esa Android 7.0 Nougat bazasidagi MIUI 10 grafik qobiqli proshivkagacha yangilanmoqda.

Ushbu to‘rtta modeldagi Xiaomi smartfonlari egalari MIUI 10 grafik qobig‘ining barcha asosiy afzalliklaridan bahra olishadi. Masalan: Android Pie dizaynida yangilangan interfeys, smartfonni boshqarish uchun ekranda qo‘l ishoralaridan foydalanish, tizimning yangi tovushlari kabi. Shuningdek, proshivkaning o‘ziga tatbiq etilgan «sun’iy idrok» yordamida smartfon o‘z egasining harakatlarini o‘rganib, ko‘p qo‘llanuvchi ilovalarni tez ochib beradi.

Darvoqe, turli modellardagi Xiaomi smartfonlarini 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!