YouTube’ning 2018 yilda eng ko‘p pul topgan liderlari

YouTube’ning 2018 yilda eng ko‘p pul topgan liderlari

Quyida YouTubeda sizga 10 ta top eng ko‘p mablag‘ topuvchi yulduzlarni keltirib o‘tamiz. Ular Forbes tomonidan e’lon qilindi. Vlogerlar 2017-2018 yil davomida 180 million AQSh dollarini ishlab topishgan va bu ko‘rsatkich 2017 yildagiga qiyoslanganda 42% oshgani kuzatilgan. Demak, boshladik…

10-o‘rin. 23 yoshli Logan Pol  kuchli o‘ntalikning 10-o‘rinini 14,5 million AQSh dollar pulni qo‘lga kiritgan holda egalladi. U 2018 yil yanvar oyida Google Preferred  nomli mashhur kanallarga qulay narxlarni taqdim etuvchi dasturni ishga tushirdi. Ammo u Yaponiyada daraxtdan o‘zini tashlab o‘z joniga qasd etish ko‘rsatilgan videosidan so‘ng videodan keladigan daromadi sezilarli kamaydi, ammo uning sodiq muxlislari uning tovar biznesini saqlab qolishdi.

9-o‘rin. Keyingi qatorda PewDiePie’ni ko‘rishimiz mumkin. U 15,5 million AQSh dollari ishlab topib kuchli 10 talikning 9-o‘rnini egalladi. U 72,5 million kuzatuvchisiga ega Shved o‘yinchisi hisoblanadi. U o‘tgan yil ta’sirini o‘ylamay qilgan Semitikaga qarshi videolari sababli qarshiliklarga uchradi, ammo bunga qaramay reklamachilar homiylikdagi videolar uchun 450000 AQSh dollarini sarflashdi.

O‘QING: Xushxabar: YouTube’da barcha harakatlarni endi maxfiy amalga oshira olasiz!

8-o‘rin.O‘zining rang-barang o‘yin sharhlari bilan Irlandiyada eng mashhurlardan biriga aylangan mashhur You tube’ yulduzi Jacksepticeye —16 million AQSh dollarini ishlab topib 10talikning 8 o‘rnini egalladi. U tomonidan “ Disney” uchun ko‘p seriyalar yaratilgan va hozirda u  “ live-streaming platform twitch “uchun eksklyuziv kontent yaratmoqda.

7-o‘rin.Keyingi o‘rinda esa biz 17 million dollar bilan kanadalik qobiliyatli va quvnoq VanossGaming ni ko‘rishimiz mumkin. U hip-hop bo‘yicha ham o‘z karerasiga ega, ammo musiqa shu paytgacha unga bunchalik daromad va mashhurlik keltirmagan.

6-o‘rin.Bir vaqtlar viloyatining atletika bo‘yicha super yulduzi bo‘lgan Markiplier ( asl ismi Mark Fischbak) hozirda 12 oy hisobida YouTube’ning eng ko‘p pul topganlari qatoridan joy egalladi, u 12 oy mobaynida17.5million AQSh dollarini ishlab topishga erishdi. U o‘sha vaqtda sevgan qizidan ,ishidan ayriladi, jarrohlar uning ko‘richagini olayotgan vaqti unda buyrak ostida bez o‘simta borligini aniqlashadi. Bu qiyinchiliklarga yengilmagan Markliper nimadir yangi ish qilishni maqsad qiladi. U avval amaliyot sifatida audio lavhalar yozadi, ammo u tez orada video-o‘yinlar o‘ynagan kliplari va ularga qoldirilgan kulguli, istehzoli sharhlari orqali o‘z auditoriyasini topdi.

Hozirda uning videolarini 10 milliarddan ortiq ko‘riladi. 22,4 million YouTube kuzatuvchilari bor. YouTube' dagi kategoriyalarga taqqoslaganda o‘yin kliplari tez tahrir qilinadi; ko‘pgina o‘yinchilar kuniga yangi metrajlar qoldirishadi. Qancha ko‘p post bo‘lsa ko‘ruvchilar soni ham shunchalik ko‘p bo‘ladi, tabiiyki bu qo‘shimcha mablag‘dir.

5-o‘rin. Navbat 5-o‘ringa, bu o‘rinni Djeffri Star  o‘zini go‘zallik sohasida muhim inson sifatida qayta kashf etish orqali mashhurlikka erishgan pardozchi rassomni ko‘rishimiz mumkin. Uning 100million dollarga teng kosmetik vositalari sotilgan va YouTube’ da u o‘z videolari orqali 18 million dollarni qo‘lga kiritdi.

O‘QING: Xakerlar YouTube’dan tarixdagi eng ommabop videoni o‘chirib yuborishdi

4-o‘rin. O‘tgan yilning ko‘p pul topuvchisi 16.5millon AQSh dollariga ega bo‘lgan DanTDM. U Minecraft mutaxassisi bo‘lib, 6 yildan beri o‘yin o‘ynab 20,7 million kuzatuvchilarini yig‘gan.

3-o‘rin.Endi kuchli 3 talikni elon qilamiz. Kuchli o‘ntalikning 3- o‘rnida 5 ta sportchilardan iborat komanda Dude Perfect o‘zining maharotlari namoyish etilgan qiyin va epchil harakatlarni ustamonlik bilan bajargan videolari orqali 175 million kuzatuvchilarga ega bo‘lishgan va 20 million dollarga ega bo‘lishdi.

2-o‘rin. O‘zining Tovar biznesi orqali ko‘p daromadga ega bo‘lgan Loganning ukasi Djeyk Pol 21,5 millon dollar ishlab topib 2-o‘rinni egalladi. U 3.5 milliarddan ortiq kuzatuvchilarni o‘zing rep qo‘shiqlari va ahmoqona hazillari orqali o‘ziga jalb etishga erishdi.

1-o‘rin. Eng kichik qahramonimiz, ammo, eng ko‘p videolari e’tiborni tortib 22 million dollarga ega bo‘lgan Ryan ToysReview  hozirda endigina 7 yoshda. U boshqa tengqurlari kabi Legoni, poyezd va mashinalarni yaxshi ko‘radi. Uni 17 million kuzatuvchisi bor. U yig‘gan modellari hozirda Walmart’da sotilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, reyting 2017 yil 1-iyundan 2018 yil iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi ma’lumotlarga asosan tayyorlangan. Ma’lumotlar Captive8, Socialblade va Pollstar , shuningdek sanoat a’zolari bilan bo‘lgan intervyulardan olingan.

O‘QING: O‘zbekistonda Facebook va YouTube’ning “taqdiri” yana noma’lum!