ZTE Nubia Z18s: ikki ekranli “alomat” smartfon namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  756
  •  18.09.2018 11:56

ZTE Nubia Z18s: ikki ekranli “alomat” smartfon namoyish qilindi

Xitoy  kompaniyasi  noodatiy smartfonni bozorga chiqarish  ustida ish olib bormoqda.   ZTE Nubia Z18s, deb nomlangan yangi smartfonning o‘ziga xos tomoni shundaki, unda qo‘shimcha displeyi borligidir, u qurilmaning orqa tomonida joylashgan.

Bunday yechim kishiga g‘alati tuyuladi, chunki smartfonga ikkinchi rangli ekranning nima keragi bor.   Yotaphon’da qo‘shimcha e-lnk displeyi bor edi, u amalda energiya iste’mol qilmasdi hamda o‘qish uchun anchayin qulay edi. Nubia Z18s’da  esa ikkinchi displey asosiy displey vazifasini ham bajaradi.

O‘QING:Ikkita rangli ekranli Nubia Z18S smartfonining rasmiy posteri chiqdi

Smartfonning old tomonida kamera ko‘rinmaydi, shu bois selfi uchun teskari tomonga qayirib olish kerak bo‘ladi. Hozircha bu ikkinchi ekrandan foydalanishning  yagona sababi bo‘lib turibdi. Yana u vaqtni ham ko‘rsatadi.

Yana bir qiziq tomoni, qo‘shimcha ekran smartfon narxiga qanday ta’sir etishida bo‘lmoqda. Chunki Nubia Z18s qurilmasi Snapdragon 845 protsessori va 8 GB tezkor xotirasi bilan flagmanga aylanishi kerak.  Bir vaqtlar Meizu’da ham Pro 7 smartfoni bilan ana shunday eksperiment o‘tkazilgan edi, faqat unda ekran ozroq kichkina edi.

O‘QING:ZTE’dan jiddiy flagman: Nubia Z17 taqdim qilindi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!