Inqilobiy buklama smartfon – Galaxy X taqdimoti va savdoga chiqarilish vaqti aytildi

Galaxy X modelini tezroq chiqarish borasida shoshilmasa ham bo‘lmaydi. Chunki uning asosiy raqibi – Apple ham allaqachon LG bilan hamkorlikda yaratilgan xuddi shu kabi mobil qurilmasini patentlagan.

Huawei romsiz Nova 2s smartfoni taqdimotini Xiaomi’ning Redmi 5 modeli taqdimot kuniga belgiladi

Huawei taqdim etadigan smartfon kuchli xususiyatlarga va romsiz ekranga ega. «Xitoycha Apple» namoyish eqiladigan modellar esa, garchi romsiz displeyli bo‘lsa-da, hamyonbop modellar turkumiga mansub.

Samsung to‘liq o‘rama displeyli smartfon patentladi

Janubiy koreyalik texnogigantning displey borasidagi navbatdagi texnologiyasi to‘liq aylanma ekranga ega smartfonlar yaratish imkonini beradi.

Xiaomi fanatlari 5 yil kutgan xususiyat Mi 7’da joriy etiladi

Xiaomi Mi 7 nafaqat eng ilg‘or Snapdragon 845 protsessori, balki 6/8 GB tezkor va 64/128 GB ichki xotirasi, qo‘shaloq kamera, old kamerasidagi yuz skaneri tizimi bilan ham maqtansa arziydi.

Ikkita iPhone X narxidagi Samsung W2018: qo‘sh ekranli premium «raskladushka» rasman taqdim etildi (+video)

2400 dollarlik Samsung W2018 nafaqat kompaniyaning eng qimmat modeli, balki umuman bozordagi barcha smartfonlar orasida eng qimmati bo‘lyapti – iPhone X’dan deyarli ikki baravar qimmat!

Samsung parollarni tiklashning dohiyona usulini topdi: kaft skanerini qarshi olamiz!

Kaft skaneri Samsung’ning hatto hamyonbop smartfonlarida ham joriy etilishi mumkin. U qo‘shimcha datchiklar o‘rnatmagan holda smartfondagi shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligini ta’minlashga imkon beradi.

Xiaomi Hindistonda MIUI 9’li «eksklyuziv» smartfonini taqdim etdi, ammo...

Atigi 79 dollarlik smartfon taqdim etildi, ammo «Desh Ka Smartphone» deyilganida, hindistonliklar Xiaomi’dan umuman yangi modelni kutayotgan edilar.

Huawei yangi – 4 kamerali, romsiz Nova 2S smartfonini «maxfiy» anjumanda namoyish etdi

Xitoydagi yopiq anjumanda namoyish etilgan Nova 2S ekrani 6,01 dyuymli, 2160x1080 pikselli; NFC, Wi-Fi 802.11ac va VoLTE modullariga ega bo‘lib, Android 8.0 Oreo asosidagi EMUI 8.0 proshivkasida ishlaydi.

Nokia yana bitta smartfon tayyorlayapti ekan!

GFXBench bazasi ma’lumotlariga ko‘ra, Nokia 5 (2018) modeli sakkiz yadroli Snapdragon 630 protsessori va 4/64 gigabaytlik xotira o‘rnatilgan. 5,2 dyuymlik displeyning tasvir aniqligi Full HD formatida.

RASMAN: Xiaomi romsiz Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus taqdimot sanasini aytdi

Xiaomi jurnalistlarga Xitoyda bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumani uchun Weibo-akkaunti orqali taklifnoma tarqatmoqda. Mazkur tadbirda Redmi 5 hamda uning «Plus» talqini taqdim etilishi kutilayotir.

Qoyilmaqom Galaxy S9’ni ilk rasmiy va «jonli» suratlarda ko‘rsatishdi

Galaxy S9’ning ekrani uning old panelini butkul egallagan. To‘g‘ri, uning tepasida ozroq joy qolgan – AMOLED-ekranga joylashtirishning imkoni bo‘lmagan ko‘plab datchik va sensorlar shu yerdan o‘rin olgan.

Huawei romsiz ekranli Honor V10’ni rasman taqdim etdi

Smartfonning qo‘shaloq – 16 megapikselli RGB-sensor hamda 20 megapikselli monoxrom sensorlardan iborat asosiy kamerasi ham, 13 megapikselli selfi-kamerasi ham «sun’iy idrok» tizimi bilan to‘ldirilgan.

Xiaomi Redmi 5 bugunoq taqdim etilishi mumkin, ilk surati va xususiyatlari bilan tanishing!

Smartfonga diagonali 5.7 dyuymga teng, tomonlarining o‘zaro nisbati esa 18:9 ni tashkil etuvchi ekran o‘rnatilgan. Redmi 5 asosiy kamerasi 12, selfi-kamera esa 5 megapikselli sensorlardan iborat.

«Malika»da Huawei smartfonlari narxlari – plastik orqali xarid qiling! (2017 yil 28 noyabr)

Bir yillik kafolatga ega Huawei smartfonlarini naqd pulga ham, plastik kartochqa orqali ham xarid qilish imkoniyati mavjudligi va bunda narxlar o‘zgarmasligi xaridorlar uchun katta qulaylik hisoblanadi.

Samsung’dan yana bir kutilmagan «salkam flagman» – Galaxy A8 Plus (2018)ning ilk suratlari!

Smartfon xususiyatlari o‘rta narx segmentidan yuqoriroq: AMOLED-ekrani diagonaliga 5.7 dyuym o‘lchamga ega, ekranning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, displey aniqligi esa 2160×1080 pikselni tashkil etadi.

Nokia 9 dizaynini g‘ilofchi kompaniya «sotib qo‘ydi» (+10 surat)

Nokia’ning yangi flagmani AQShda 699 dollarga sotiladi. Yevropada esa unga 749 yevro miqdorida narx qo‘yiladi. Biroq devaysning qachon taqdim etilishi hozircha aniq emas.

Smartfonlarni solishtiramiz: Huawei P8 Lite (2017) va Xiaomi Redmi 4X

Huawei’ning P8 Lite (2017) modelini «xitoycha Apple» taqdim etgan Redmi 4X modeli bilan qiyosladik. Marhamat, ularning xususiyatlariga nazar soling.

Honor V10 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Smartfon 1,8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli yakkakristalli tizim bilan jihozlangan, demak, bu Huawei’ning Kirin 970 protsessori bo‘lishi kerak. Qurilmaning tezkor xotirasi esa 6 GB hajmga ega.

Kutilmagan Galaxy A8 (2018): unga hatto Galaxy S8 va Note 8 egalari ham havas qilishlari tayin!

Hozirda bu xususiyatlar koreyalik texnogigantning birorta smartfonida, hattoki flagmanlarida ham yo‘qligini inobatga olsak, 2018 yilgi Galaxy A8 qanchalik ilg‘or qurilma ekanligi yanada oydinlashadi.

Nokia flagmani Android 8.0 Oreo’gacha yangilana boshladi, o‘zgarishlar bilan tanishing

Nokia’ning Android 8.0 Oreo talqiniga tayangan proshivkasi V4.35J raqami bilan keladi va 1,51 GB hajmga ega. Shuningdek, u Android’ning noyabrdagi xavfsizlik yangilanishlarini ham o‘z ichiga oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш