Huawei’ning romsiz Honor V10 flagmani ilk «jonli» suratlarda!

Honor V10 yupqa romli, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatdagi katta displeyga ega. U kompaniyaning so‘nggi flagmani – Mate 10 Pro’ning nisbatan hamyonbop, ammo o‘ziga xos jihatlarga ega talqini bo‘lishi kutilmoqda.

Xiaomi: 30 noyabrda yana bitta arzon smartfon!

Hatto mutaxassislar ham «xitoycha Apple»ning yangi smartfoni qanday bo‘lishi haqida aniq fikr ayta olishmayapti. Faqat shunisi ma’lum: modomiki smartfon Redmi turkumiga mansub ekan, u hamyonbop model bo‘ladi.

iPhone X’ning yana bir «klon»i – Little Pepper S11 bilan tanishing!

Little Pepper kompaniyasi nomdor ishlab chiqaruvchilarning ilg‘or smartfonlari «klon»larini yaratishi bilan tanilgan. Kuni kecha u iPhone X flagmaniga juda o‘xshab ketadigan o‘z mahsulotini ishlab chiqdi.

Xiaomi’ning Mi turkumi smartfonlariga «Malika»da so‘mda belgilangan narxlar (2017 yil 23 noyabr)

Xiaomi kompaniyasining Mi turkumidagi flagmanlari hamda Mi Note seriyasiga oid fabletlariga «Malika» savdo markazi do‘konlaridagi so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishing.

«Malika»da Xiaomi Redmi smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 23 noyabr)

«Xitoycha Apple»ning eng hamyonbop Redmi turkumiga oid smartfonlari hamda Redmi Note turkumidagi fabletlariga «Malika» savdo markazi do‘konlaridagi so‘mda belgilangan narxlarni ma’lum qilmoqdamiz.

Samsung Galaxy S9 va S9+ taqdimotiga oz qoldi, kutilmagan tafsilotlar bilan tanishing!

Galaxy S9 hamda S9+ displeyi avvalgi o‘lchamida qoladi. Umuman, ularning dizayni sakkizinchi avlod flagmanlaridan katta farq qilmaydi. Asosiy o‘zgarishlar telefonlarning ichki – apparat qismiga qaratilgan.

«Malika»da sotilayotgan Honor 6A hamda Honor 6C modellarining texnik xususiyatlari

Har ikkala smartfon barmoq izi skaneri, kompas, akselerometr, yaqinlashuv va yorug‘lik datchiklari kabi sensorlarga ega, O‘zbekistondagi aloqa operatorlarining LTE (4G) diapazonlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Malika»da Samsung smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 22 noyabr)

Samsung’ning ayrim smartfon modellariga poytaxtimizdagi «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida naqd pulda, so‘mda belgilangan narxlarni e’tiboringizga havola etayotirmiz.

Xiaomi Mi 7: taxminiy xususiyatlari, taqdimot vaqti va hatto narxi ham ma’lum!

Mi 7 smartfoniga qo‘yiladigan Snapdragon 845 protsessori hali keyingi oyda rasman taqdim etiladi va kelasi yilda ommaviy ishlab chiqarishga joriy etiladi.

Meizu’ning ilk romsiz smartfoni suratlari tarqaldi

Ehtimol, bu – Meizu MX7 flagmanining yangicha versiyasi yoki M Note turkumining yangi avlod qurilmasidir. Displeyi umuman romsiz mblu Zero esa kompaniyaning 2018 yilgi flagmani bo‘ladi.

Sony’ning sakkiz yadroli Snapdragon 630 va Android 8.0 Oreo’li smartfoni «qo‘lga tushdi»

Smartfonning Snapdragon 630 protsessori 2,2 GGs chastotali sakkizta ARM Cortex-A53 yadrosi, Adreno 508 grafik kontrolleri va 600 Mbit/s.gacha tezlikdagi X12 LTE uyali modemini o‘z ichiga oladi.

200 dollarlik Xiaomi Redmi Note 5 suratlari hayratga soladi

Mazkur qurilma Snapdragon 625 protsessori, 3 gigabayt tezkor va 32 gigabayt ichki xotira bilan jihozlanadi. Uning asosiy kamerasi 12, old kamerasi esa 5 megapiksellik aniqlikka ega.

Samsung saytida buklama Galaxy X «ko‘rindi»

Avvalroq ushbu model Janubiy Koreyaning Milliy aloqa agentligida, Bluetooth SIG hamda WiFi Alliance tashkilotlarida sertifikatsiyadan o‘tgan.

Samsung’ning qo‘sh ekranli flagman «raskladushka»sini videoda batafsil tomosha qiling!

Janubiy koreyalik gigantning buklama Android-smartfoni – Samsung W2018 videosi internetda tarqatib yuborildi. Shuningdek, uning taqdimot sanasi ham ma’lum.

Huawei’ning Honor V10 smartfoni fosh bo‘ldi

Smartfon Huawei’ning «sun’iy ong» tizimiga ega ilg‘or Kirin 970 chipseti bazasida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi 6, doimiy flesh-xotirasi esa 64 yoki 128 gigabayt hajmga ega bo‘ladi.

Samsung Galaxy S9 benchmarkda 7787 ball to‘pladi

Yakka kristalli Exynos 9810 tizimi bilan jihozlangan ushbu yangi qurilma ajoyib ko‘rsatkichlarni namoyon etgan.

Sony’ning yangi flagmani Galaxy S9 va iPhone X «kushandasi» bo‘lishi mumkin (+video)

Smartfon 18 megapikselli asosiy va 12 megapikselli old kameraga ega bo‘lib, ularning har ikkalasi 4K sifatida video tasvirga olishga qodir.

Atigi 2 dollarga LEAGOO T5c smartfonini band qiling! (+video)

LEAGOO T5c smartfonining asosiy kamerasi 13+2 megapikselli qo‘shaloq SAMSUNG modullaridan tashkil topgan. Uning SHARP tomonidan tayyorlangan, diagonali 5,5 dyuymlik IPS-displeyi esa FHD sifatiga ega.

Samsung saytida romsiz Galaxy A7 (2018) «qo‘lga tushdi»

Samsung Galaxy A7 (2018) tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9 bo‘lgan Super AMOLED Infinity ekran bilan jihozlangan. U Samsung’ning 2017 yilgi flagman smartfonlariga o‘xshab ketadi – ekrani deyarli romsiz.

OUKITEL quvvati rekord darajada uzoq vaqtga yetuvchi smartfon chiqardi (+video)

K8000 smartfonining o‘ziga xosligi nafaqat sig‘imdor akkumulyatorida, balki uning quvvatini oqilona sarflashida ham, deya ta’kidlaydi OUKITEL.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш