Eng zo‘r Android-flagmanlar reytingiga Redmi K40 hamda K40 Pro ham kirdi, Mi 11 esa yana pastladi! (AnTuTu, 2021 yil fevral)

Ilk ikkita va so‘nggi o‘rinlarni Vivo smartfonlari, eng ko‘p – to‘rtta pog‘onani esa Xiaomi mahsulotlari egallagan. Qolgan uchta o‘rinni bo‘lsa Huawei, Samsung hamda Oppo flagmanlari band etgan.

Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!

Eng qimmat superflagman hattoki kuchli o‘nlikka kirmagan Honor 30 Pro+, iPhone 11 Pro Max, Huawei Mate 30 Pro 5G, iPhone 12 mini, iPhone 12 hamda Honor V30 Pro modellaridan ham pastdan joy olgan!

Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman Geekbench’da: bu sizga Redmi K40 Pro emas!

Redmi brendining bosh raqibi – Realme qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. OPPO korporatsiyasining ushbu arzonchi subbrendi Realme GT rusumli telefoni tayyorlagan va u benchmarkda kuchini ko‘rsatdi.

Yilning eng kutilayotgan kamerofoni Geekbench’da test topshirdi

Uning xuddi mikroskop kabi ishlay oluvchi bosh kamerasida 50 megapiksellik Sony IMX766 datchigidan ikkitasi qo‘llanadi.

Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Atigi 700 dollarlik bu qurilma dunyo tan olgan eng zo‘r va qimmat kamerofonlar – Huawei Mate 30 Pro, Xiaomi Mi 10 Pro, Galaxy S20 Ultra va hatto iPhone 12 Pro Max flagmanlarini ham ortda qoldirgan!

OPPO Find X3 allaqachon Antutu testidan o‘tdi: uning Find X3 Pro’dan asosiy farqi nimada?

Insayderlarga ko‘ra, ushbu turkumda naq to‘rtta model mavjud: OPPO Find X3, Find X3 Pro, Find X3 Neo hamda Find X3 Lite. Kompaniya ularni mart oyida taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Taniqli «ustabuzarmon» yap-yangi Xiaomi Mi 11’ni yorib ko‘rdi (video)

Smartfonning juda ko‘p mis, termoplast, grafit plyonka ishlatilgan mukammal sovitish tizimiga ham Zak yaxshi baho berdi.

Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

Speed Test G nomli YouTube-kanal muallifi esa Apple va Samsung kompaniyalarining so‘nggi flagmanlarini bevosita benchmarkda, bir vaqtning o‘zida sinab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

AnTuTu benchmarki endi besh xil narx toifasiga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlarni ham e’lon qildi. Bu yil yanvardan mazkur jamoa o‘z reytinglarida narx toifalarini qaytadan ko‘rib chiqqan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш