Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

  •   DiMaX
  •  1780
  •  10.02.2021 10:37

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Biz yaqinda 2021 yilning birinchi oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan eng qudratli o‘nta smartfon reytingini chiqargan edik. Ushbu servis jamoasi yanvarda tekshirib ko‘rilgan o‘rta narxli smartfonlarning ham eng kuchlilarini e’lon qilgandi. Bulardan tashqari...

O‘QING: 2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

Endi esa mazkur benchmark jamoasi 2021 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra Android-smartfonlarning o‘z egalarini qoniqtirganlik reytingini e’lon qildi. Buni qarangki, uning g‘olibi eng kuchli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan Meizu 17 Pro modeli bo‘ldi!

Keyingi paytlarda birmuncha sustlashib qolgan Meizu kompaniyasining mazkur qurilmasi ushbu reytingda yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlaridan ham yuqoriga chiqib olgan. AnTuTu ekspertlarining ta’kidlashlaricha, buning sababi Meizu o‘z smartfonini muntazam yangilab, unga yangi funksiyalar qo‘shib kelayotganligida bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Meizu hayot ekan: uning maxfiy kamerali yangi flagmanini videoda ko‘rsatishdi!

Ko‘rishimiz mumkinki, AnTuTu benchmarkiga ko‘ra o‘z egasini rozi qilgan smartfonlar reytingiga yana quyidagi modellar kirgan:

  1. Huawei Mate 40
  2. Galaxy S20 Ultra
  3. Honor 30 Pro+
  4. Galaxy Note 20 Ultra
  5. Meizu 17
  6. Vivo X50 Pro+
  7. Huawei P40 Pro+
  8. Huawei Mate 30 5G
  9. Oppo Reno 5 Pro+ 5G

Guvohi bo‘layotganingizdek, kuchlilar o‘ntaligiga eng ko‘p – uchta Huawei smartfoni kirgan. Samsung hamda Meizu’ning ikkitadan, Honor, Vivo, va Oppo kompaniyalarining esa bittadan flagmani bu ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Darvoqe, o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha eng ommabop bo‘lgan o‘nta smartfon reytingi bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin.

O‘QING: Egasini rozi qilgan o‘nta iPhone va iPad (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!