2020 yili dunyoda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon (Omdia reytingi)

  •   DiMaX
  •  2645
  •  25.02.2021 15:51

2020 yili dunyoda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon (Omdia reytingi)

O‘tgan yilning uchinchi choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Apple’ning ikkita modeli egallagan edi. Omdia tahlil kompaniyasi esa butun 2020 yil mobaynida jahondagi eng xaridorgir telefonlar bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

O‘QING: TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

O‘tgan yil davomida dunyoda eng ko‘p xarid qilingan smartfon 2019 yilda chiqqan iPhone 11 modeli ekan. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, 2019 yili eng xaridorgir smartfon uning «ajdod»i – iPhone XR bo‘lgan.

Quyidagi jadvalda 2020 hamda 2019 yillardagi eng yaxshi sotilgan telefonlar o‘ntaliklari ko‘rsatilgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, kuchli uchlikka faqatgina Apple mahsulotlari kirgan, Samsung smartfonlari esa reytingda to‘rtinchi pog‘onadan boshlanyapti.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Umuman olganda, ro‘yxatning naq yarmini ayfonlar band etgan:

  1. iPhone 11 — 64,8 millionta sotilgan;
  2. iPhone SE (2020) — 24,2 millionta sotilgan;
  3. iPhone 12 — 23,3 millionta sotilgan;
  4. Galaxy A51 — 23,2 millionta sotilgan;
  5. Galaxy A21s — 19,4 millionta sotilgan;
  6. Galaxy A01 — 16,9 millionta sotilgan;
  7. iPhone 12 Pro Max — 16,8 millionta sotilgan;
  8. Galaxy A11 — 15,3 millionta sotilgan;
  9. Redmi Note 9 Pro — 15 millionta sotilgan;
  10. iPhone 12 mini — 14,8 millionta sotilgan.

O‘ntalikka janubiy koreyalik yetakchi kompaniyaning to‘rtta smartfoni kirgan bo‘lsa, Xiaomi kompaniyasining bittagina, u ham bo‘lsa arzonchi Redmi brendiga mansub modeli 2020 yilning eng xaridorgir telefonlari ro‘yxatidan joy olgan.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!