33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

  •   DiMaX
  •  17943
  •  29.04.2020 14:59

33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

Xiaomi kuni kechagina hamda MIUI 12 grafik qobig‘ini taqdim etgan va ilg‘or jihatlari sababli uni iOS operatsion tizimiga teng, deya maqtanmoqda. Rasmiy namoyishdan ham avval kompaniya MIUI 12 beta-testini va unga yangilanuvchi smartfonlarni rasman e’lon qilgan. Shuningdek...

O‘QING: MIUI 12 «super oboy»lari tushadigan smartfonlar ro‘yxati + «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalar

MIUI 12 hozircha faqat Xitoydagi beta-testerlarga taqdim etilgan bo‘lsa-da, XDA-Developers resursi uning boshqa hududdagilar ham o‘rnatib olishlari mumkin bo‘lgan beta-versiyalariga havolalarni e’lon qilgan. Ushbu proshivkalar, Xiaomi va Redmi smartfonlarining modeliga bog‘liq holda, Android 10 yoki Android 9 operatsion tizim talqinlariga asoslangan.

Ta’kidlash kerakki, ushbu proshivkalar aslida xitoycha smartfonlarga mo‘ljallangan, demak, ularni faqat TWRP usuli orqali o‘rnatish mumkin. Bunda smartfoningiz rasmiy kafolatdan mahrum bo‘ladi, shuningdek, qayta proshivkalash natijasi uchun o‘zingiz mas’ulsiz.

Yana bir jihatini hisobga oling: Xitoy uchun mo‘ljallangani bois, bu proshivkalarda Google Play katalogi hamda Google servislari ham mavjud emas. Tillar borasida ham ikkitagina variant – inglizcha va xitoychadan birini tanlashga to‘g‘ri keladi.

Anglagan bo‘lsangiz kerak: ushbu beta-versiya MIUI 12 imkoniyatlarini sinab ko‘rishga sabri chidamayotgan ishqibozlar uchungina taqdim etilgan. Agar smartfoningiz modeli tegishli ro‘yxatga kirgan bo‘lsa, siz bu proshivka yordamida Super Wallpaper funksiyasini ham ishlatib ko‘ra olasiz.

O‘QING: Xiaomi rasman Mi Note 10 Lite taqdimotini e’lon qildi va ilk suratini ko‘rsatdi

Demak, quyida keltirilgan rusumlardagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga, har birining nomiga joylangan havola orqali MIUI 12 beta-versiyasini yuklab olish mumkin:

  1. Mi 9
  2. Mi 9 SE
  3. Mi 9 Lite
  4. Mi 9 Pro
  5. Mi Mix 2
  6. Mi Mix 2S
  7. Mi Mix 3
  8. Mi 10
  9. Mi 10 Pro
  10. Mi 8
  11. Mi 8 SE
  12. Mi 8 Lite
  13. Mi 8 Pro
  14. Mi Note 3
  15. Mi Max 3
  16. Mi 6
  17. Mi 6X
  18. Mi Note 10
  19. Mi 8 Explorer Edition
  20. Mi CC9 Meitu Edition
  21. Redmi Note 8 Pro
  22. Redmi K20 / Mi 9T
  23. Redmi K20 Pro / Mi 9T Pro
  24. Redmi Note 7 / 7S
  25. Redmi K30 5G
  26. Redmi K30 4G / Poco X2
  27. Redmi Note 7 Pro
  28. Redmi Note 5 AI / Redmi Note 5 Pro (Whyred)

E’tibor bergan bo‘lsangiz, ro‘yxatga nisbatan eski modellar ham kirgan; ularning xitoycha va global versiyalarini ham hisoblaganda, jami 33 xil smartfonga MIUI 12 beta-versiyasi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz: yuqoridagilardan tashqari, biz Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ni ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.