50 karra zumli eng arzon smartfonda 20 km.dan rasmga olib ko‘rsatishdi! («jonli» video + to‘liq narxlari)

  •   DiMaX
  •  4324
  •  25.04.2020 16:53

50 karra zumli eng arzon smartfonda 20 km.dan rasmga olib ko‘rsatishdi! («jonli» video + to‘liq narxlari)

Xiaomi korporatsiyasi keyingi haftada MIUI 12 grafik qobig‘i bilan birga Mi 10 Youth Edition rusumli smartfonini namoyish qiladi. Kuni kecha biz ushbu kamerofonning 15 kilometr uzoqlikdan rasmga olish aks etgan «jonli» videoni ulashgan edik.

O‘QING: MIUI 12 taqdimot kuniyoq tarqatila boshlaydi: dastlab yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati chiqdi!

Kompaniya bu bilan cheklanib qolmasdan, Xiaomi Mi 10 Youth Edition kamerasida salkam 20 kilometrdagi tasvirni yaqinlashtirib ham ko‘rsatdi.

Ushbu rolikda Xiaomi Mi 10 Youth Edition kamerasining 50 karralik gibrid zum imkoniyatlari aks ettirilgan.

O‘QING: Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

Tanilgan insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) mazkur kamerofonning narxlarini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, Mi 10 Youth Edition modeli 5 karralik optik va 50 karralik gibrid zumga ega bo‘lgan dunyodagi eng arzon smartfondir!

Xiaomi ushbu devaysining boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – 6 GB tezkor va 64 GB ichki xotirali variantini atigi 325 dollardan sotmoqchi. Uning 6/128 gigabaytligi uchun 355 dollar, 8/128 gigabaytligi uchun 380 dollar, 8/256 gigabaytligi uchun esa 425 dollar so‘rashadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 10 Youth Edition modelida standart quloqchin tirqishi saqlanib qolishidan tashqari, NFC moduli hamda infraqizil port ham bor. Uning akkumulyatorini kompaniya 4160 mA/soatlik, deb rasman aytmoqda, ammo TENAA ma’lumotlar bazasida 4060 mA/soatlik deyilgan.

Darvoqe, Xiaomi Mi 10 Youth Edition taqdimotidan uch kun o‘tiboq kompaniya narxi atigi 140 dollardan boshlanuvchi, global bozorga mo‘ljallangan yana bir smartfon namoyish etadi.

O‘QING: Redmi K40’ning ilk surati, xususiyatlari, narxi va taqdimot kuni!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!