8 iyungacha PUBG bepul bo‘ldi, sotib oluvchilarga esa 50% chegirma ham bor! (+video)

  •   DiMaX
  •  2564
  •  05.06.2020 18:20

8 iyungacha PUBG bepul bo‘ldi, sotib oluvchilarga esa 50% chegirma ham bor! (+video)

Koronavirus pandemiyasi pallasida o‘yinlarni bepul taqdim etish an’ansi davom etmoqda. Kompyuter o‘yinlari va dasturlari onlayn servisi – Steam ham geymerlarga navbatdagi hadyasini tayyorladi.

O‘QING: PlayStation 5’ga chiqadigan barcha 38 ta o‘yin rasmiy ro‘yxatda!

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining 7.2-versiyasi test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, geymerlarga ommaviy taqdim etilgan edi. Steam servisi uni 8 iyungacha bepul o‘ynash imkonini taqdim etdi.

Geymerlar bunda PUBG’ning barcha rejimlarida o‘ynashlari mumkin, lekin bepul o‘ynayotganlar o‘yin ichidagi do‘kondan foydalana olmaydilar. Bundan tashqari, ushbu muddatda o‘yinni xarid qiluvchilarga ellik foizlik chegirma ham beriladi.

PUBG o‘yinining bepullik muddati 8 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 gacha davom etadi. Fursatdan foydalanib qolish uchun Steam saytining tegishli sahifasiga ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, birga o‘ynaydigan do‘stlaringizga ham bu yangilikni ulashish esingizdan chiqmasin.

O‘QING: PUBG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!