Android 12 rasmiy promo-roligini insayder tarqatib yubordi: yangi tizimda nimalar bor?

  •   DiMaX
  •  662
  •  17.05.2021 10:20

Android 12 rasmiy promo-roligini insayder tarqatib yubordi: yangi tizimda nimalar bor?

Google kompaniyasi o‘tgan yili koronavirus tufayli Google I/O konferensiyasini bekor qilgandi. Bu yilgi anjuman onlayn tarzda o‘tishini va vaqtini oldindan aytib qo‘yaqoldi va unda Android 12 taqdimoti kutilmoqda.

O‘QING: Android 12'ning foydali funksiyalaridan biri ma’lum bo‘ldi

Ishonchli insayder Jon Prosser (Jon Prosser) yangi – Android 12 operatsion tizimining ilk rasmiy promo-roligini qo‘lga kiritib, o‘zining Front Page Tech nomli YouTube-kanalida e’lon qildi. Unda ko‘rish mumkinki, qidiruv giganti tizim dizayniga o‘zgartirishlar kiritgan, foydalanuvchi interfeysidagi ayrim unsurlarni modifikatsiya qilgan, yangi animatsiyalar qo‘shgan.

Demak, Android 12 operatsion tizim talqinida bizni bir qator yangi vidjetlar va tugmachalar, bir nechta yangi animatsiyalar kutmoqda. Bu – yangilangan Wi-Fi hamda Bluetooth pereklyuchatellari, musiqa vidjeti, ob-havo vidjeti va hokazolardir. Shuningdek, unda hatto turli ilovalardan kelgan bildirishnomalarni ham guruhlarga ajratish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq biz Android 12 talqinidagi mobil operatsion tizimning ekranidan olingan birinchi skrinshotlarni ulashgan edik. So‘ngroq esa uning namoyish sanalari haqidagi ma’lumot ham chiqqan. 19 fevralda o‘tar tunda Google ushbu operatsion tizimning dasturchilarga mo‘ljallangan birinchi Android 12 Developer Preview versiyasini taqdim qilgan; biz o‘zgarishlar va o‘rnatiladigan smartfonlar ro‘yxatlarini e’lon qilganmiz. Mazkur tizimga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati, shuningdek, smartfoningizga hoziroq Android 12 qiyofasini baxsh etish usuli ham sizni befarq qoldirmasa kerak.

Lekin hammasidan ham oldin...

O‘QING: Hali Android 11 chiqmay turib, Android 12’gacha yangilanuvchi ilk smartfon e’lon qilindi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.