Apple flagman smartfon narxida... kompyuter g‘ildiragi chiqardi!

  •   DiMaX
  •  711
  •  17.04.2020 17:02

Apple flagman smartfon narxida... kompyuter g‘ildiragi chiqardi!

Kupertinolik gigant bultur yozda yangi avlod Mac Pro kompyuterini taqdim etgan, dekabrda esa uni naq bitta uy narxida sota boshlagan edi. Tashqi ko‘rinishi sababli ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab masxaralarga sababchi bo‘lgan esa-da, keyinroq...

O‘QING: Narxi uy bilan barobar kompyuter yangicha korpusda, yanada qimmatlashib chiqdi!

Apple endi shu kompyuteri uchun bir nechta aksessuarlar taqdim etdi va ular ham Mac Pro 7.1’ning o‘zi kabi qimmat. Bulardan birinchisi – kompyuterni ofis yoki kvartira bo‘ylab harakatlantirish uchun ostiga o‘rnatiladigan g‘ildiraklar to‘plamidir.

Korporatsiya oldin ham shunaqa g‘ildiraklar chiqargan, faqat ularni Mac Pro bilan birga, narxi ustiga 399 dollar qo‘shimcha to‘lib olish mumkin edi. 400 dollarga kompyuter g‘ildiragi – qimmat, deysizmi? Unda navbatdagi zarbaga tayyor turing...

Mac Pro uchun yangi taqdim etilgan g‘ildirak xromlangan zanglamas po‘latdan va rezinadan ishlangan bo‘lib, alohida holda ham sotiladi. Narxi esa osmonda – 699 dollar! Axir, bu pulga flagman smartfon xarid qilish, yoki ustiga yana yuzta qo‘shib, kuni kecha namoyish qilingan ixcham iPhone SE modelidan naq ikkita olish mumkin-ku!

O‘QING: Ishonmaysiz, lekin bu iPhone’ning yap-yangisini atigi 25 dollardan sotishyapti!

Agar kompyuteringizga g‘ildirakning keragi yo‘q, desangiz, balki zanglamaydigan po‘latdan qilingan oyoqchalar sotib olarsiz? Apple ularni g‘ildiraklarga nisbatan ancha arzon sotyapti – 299 dollar. Qoyilmisiz?

Yuqoridagi ikkita aksessuar – g‘ildiraklar va oyoqchalar to‘plamlariga olti qirrali buragich ham qo‘shib berishadi. Ammo, yo‘riqnomasiga qaraganda, ularni kompyuterga o‘rnatish uchun boshqa uskunalar ham kerak bo‘ladi.

Darvoqe, Apple yaqindagina qayta tiklangan Mac Pro’larni arzonlashtirib sota boshlagan, chegirmaning o‘ziyoq naq 1000 dollardan 4000 dollargacha boradi!

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!