Apple uzoq kutilgan gadjetlaridan kamida ikkitasini 13 oktyabrda taqdim etmaydi

  •   DiMaX
  •  672
  •  10.10.2020 09:55

Apple uzoq kutilgan gadjetlaridan kamida ikkitasini 13 oktyabrda taqdim etmaydi

Kupertinolik gigant yaqinda iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining taqdimoti uchun taklifnoma tarqatgan. Mashhur insayder Jon Prosser (Jon Prosser) ushbu taqdimot bilan bog‘liq ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘QING: Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari, namoyish va sotuv sanalari bilan tanishing!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlar bilan birga, Apple boshqa devayslarini ham namoyish etishi mumkin. Biroq ko‘pdan beri kutilayotgan qurilmalardan ikkitasi bu gal ham namoyish etilmaydi, deyapti Prosser.

Bulardan biri – AirPods Studio rusumli to‘liq o‘lchamli simsiz quloqchin bo‘lib, uning ayrim xususiyatlari haqida mana bu xabarimizda ma’lumot berganmiz. Prosserning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya uni kamida ikkita modifikatsiyada tayyorlayapti. Ulardan biri metalldan ishlangan va charm qoplamali bo‘lib, 600 dollarga baholanadi. Ikkinchisi 350 dollar turadi va shunga yarasha nisbatan arzon materiallardan tayyorlanadi.

13 oktyabrda chiqmaydigan yana bir qurilma esa AirTag (yoki AirTags) nomli geo-brelok bo‘lib, Min-Chi Kuo prognoziga ko‘ra shu yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet ro‘yxatiga kirgandi. Bundan tashqari, aprelda Apple sir tutib kelinayotgan ushbu aksessuarini YouTube’dagi rasmiy kanalida tasodifan oshkor etib qo‘ygan ham edi.

Endi esa, Jon Prosser so‘zlariga ko‘ra, uning taqdimotini 2021 yilning mart oyiga qoldirishgan.

O‘QING: Hali chiqmagan iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 Pro flagmanlarini ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!