Apple Xitoyda yangiliklar ilovasini to‘sdi
Amerikaning Apple korporatsiyasi Apple News nomli ilovasini Xitoy hududida bloklab qo‘ydi. Bu haqda birinchi bo‘lib ilova yaratuvchisi Larri Salibra xabar topdi. Bu ilova iOS 9 smartfonlari dasturiy ta’minoti asosiy elementlaridandir.
“Tishlangan olma” kompaniyasi bu holatga sharh bermadi, ammo OAV bunga sabab Xitoy rahbariyatining o‘zgacha fikrga toqatsizligida, deb taxmin qilmoqda, chunki senzura Apple News yangiliklarini mamlakatga o‘tkazmagan edi. Ma’lumki, Xitoyda internet resurslariga juda ko‘p cheklovlar mavjud. Internet foydalanuvchilari bu tashabbus qaysi tomondan chiqqanligini surishtirib g‘ala-g‘ovur qilmoqda.