Apple'dan ortda qolgan nomard! – Samsung

Apple'dan ortda qolgan nomard! – Samsung

Samsung kompaniyasi o'zining navbatdagi Galaxy flagman smartfonlarini taqdim qilishiga barmoq bilan sanoqli oylar qolmoqda, shu bilan birga, Internetda bo'lajak ular haqidagi mish-mishlar ham avj olyapti. So'nggi yangiliklarga qaraganda, Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining yangi avlod Galaxy'lariga sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyatini qo'shadigan ko'rinadi.

Aytish kerakki, joriy yilning sentabr oyida Apple kompaniyasi (Global Star bilan birgalikda) o'zining yangi iPhone 14 smartfonlarini sun'iy yo'ldoshga ulanishi funksiyasi bilan chiqargan edi. Janubiy Koreyadan Electronic Times Internet nashrining xabar berishicha, Samsung ham kupertinoliklardan ortda qolmaslik uchun o'zining yangi avlod Galaxy flagman smartfonlarini ana shunday xususiyat bilan "siylaydi". Aftidan, Samsung'ning bu boradagi hamkori 66 ta past orbitali aloqa sun'iy yo'ldoshlariga ega bo'lgan Iridium kompaniyasi bo'ladi. Bunda Samsung smartfonlarida bu xususiyat Apple'ning "favqulodda holatlar"idan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ladi: Galaxy S23 sun'iy yo'ldoshga ulanganida u bilan matnli xabarlar va yuzlab kb/sekund tezlikda past sig'imli tasvirlarni ulashish mumkin bo'lishi aytilmoqda.

Garchi Samsung o'zining yangi smartfonlarini sun'iy yo'ldoshga ulanish bilan chiqarsa ham, u buni Android telefonlarga qo'shgan birinchi kompaniya bo'la olmaydi yoxud Huawei (Beidu bilan birga) nafaqat Samsung, balki Apple'dan ham avval o'zining Mate 50 smartfonlarini xuddi shunday funksiya bilan chiqargan edi.

Apple va Huawei smartfonlari allaqachon sun'iy yo'ldoshga ulana olishini hisobga olsak, Samsung o'zining bunday xususiyatga ega smartfonini 2023-yilning fevral oyi boshida chiqarilishi kutilayotgan Galaxy S23 smartfonlari bilan taqdim qiladi. Funksiyaning o'zi esa keyingi yil davomida ishga tushirilishi mumkin.

O'QING: Honor 80 Pro – dinamik orolga ega navbatdagi Android smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!