Apple’ning eng xaridorgir gadjetlari ham koronavirusdan jabr ko‘ryapti

  •   DiMaX
  •  632
  •  08.02.2020 10:53

Apple’ning eng xaridorgir gadjetlari ham koronavirusdan jabr ko‘ryapti

Xitoyda avj olib, boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshlagan koronavirus tufayli texnologik kompaniyalar ham ziyon ko‘rishmoqda. Dastlab Xiaomi o‘z do‘konlarini yopgan va Mi 10 smartfonlarining to‘laqonli taqdimotini bekor qilgan; keyin Apple va Google’ning ham do‘kon va ofislari yopilgan...

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

Nikkei nashrining yozishicha, kupertinolik korporatsiya o‘ta talabgir bo‘lgan mahsulotlari – AirPods hamda AirPods Pro quloqchinlarini ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirmoqchi ekan. Biroq ayni shu pallada bu ish orqaga ketyapti – AirPods’lar uchun butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi Luxshare-ICT, Goertek va Inventec kompaniyalari Xitoyda karantin boshlanganidan buyon yopiq.

Ishlab chiqaruvchilarning qo‘lida hozirda AirPods’larni terish uchun nari borsa ikki haftaga yetgulik materiallar bor. Yangi butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi Xitoydagi zavodlarning esa hali-veri ochilishini kutish qiyin.

Epidemiya tarqalgan hududlar karantinga olingani, odamlardan bir-biriga virus yuqishining oldini olish uchun ko‘plab korxona-tashkilotlar vaqtincha faoliyatini to‘xtatgani ma’lum. Biroq ayrim kompaniyalar shunday sharoitda ham, odamlar o‘rniga yangi texnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, ish unumdorligini pasaytirmasdan kelishmoqda.

O‘QING: Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!