Apple’ning eski kasali qo‘zidi: u iPhone 12’larda protsessorni maxsus sekinlashtiryapti!

  •   DiMaX
  •  1105
  •  17.10.2020 08:55

Apple’ning eski kasali qo‘zidi: u iPhone 12’larda protsessorni maxsus sekinlashtiryapti!

Kuni kecha iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining AnTuTu benchmarkidagi ilk testlari natijalari hafsalani qilgan edi: ular tegishlicha 564 899 va 572 133 ballik natija ko‘rsatgan. Holbuki, Android tizimli flagmanlarning sentyabr reytingida ENG OXIRGI O‘RINDAGI smartfon ham bulardan ancha yuqori – 602 584 ballik natija qayd etgan!

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Lekin ayni shu o‘n ikkinchi avlod ayfonlaridagi Apple A14 Bionic protsessori ulardan avval bu yilgi iPad Air 4 planshetida qo‘llangan edi. Buni qarangki, uning AnTuTu’dagi tekshiruv natijasi (quyidagi suratda – chapda) ancha baland:

Ko‘ryapmizki, iPad Air 4 bu benchmarkda 660 038 ball olgan, ya’ni samaradorlik bobida u Snapdragon 865 va Snapdragon 865+ chipli eng tezkor smartfonlar bilan bemalol bellash oladi.

O‘QING: AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Quyidagi diagrammada esa bulturgi iPhone 11 Pro hamda bu yilgi iPhone 12 flagman smartfonlari, shuningdek iPad Air 4 planshetida protsessorlarning benchmarkda turli jihatlardan olgan ballari taqqoslab ko‘rsatilgan:

Yuqoridagi natijalardan bitta xulosa kelib chiqyapti: A14 Bionic chipsetining tezkorligi iPhone 12 turkumidagi smartfonlarda ataylab pasaytirilgan. Apple uchun bu qiliq yangilik emas, lekin avvallari u yangi smartfonlari sotilishi uchun eskirgan modellarning ishlashini maxsus sekinlashtirar edi.

O‘QING: iPhone 12 tufayli Xiaomi va Samsung kompaniyalari Apple’ni masxara qildi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.