«Bananofon» Nokia 8110: xaridorlarni qiziqtirib qo‘ydi
Kuni kecha yangi Nokia 8110 haridorlar hukmiga havola etildi, unga “bananofon” deb nom ham berishgan.
«Matritsa» filmidagi smartfonga o‘xshab, yangi Nokia 8110 4G ham 4G VoLTE-moduli bilan ta’minlandi, ekrani 2,4 dyuymli, protsessori esa Qualcomm 205 Mobile Platform. Qurilma 512 megabayt OZU hamda 4 gigabaytli flesh-xotiraga ega. Kamerasi 2-megapikselli modul va Google Assistant ovozli yordamchi bilan ta’minlangan. O‘tmishni sog‘ingan foydalanuvchilar esa qayta o‘rnatilgan va yangilangan “iloncha” ni ham o‘ynashi mumkin.
O‘QING:AGAR IPHONE SLAYDER BO‘LIB QOLSA...
Nokia 8110 4G savdosi hozirda Ukrainaning yirik elektronika do‘konlarida boshlangan. Xabarda aytilishicha, qurilmaga katta qiziqish bilan qarayotganlar ko‘p ekan, biroq hozircha qora ranglisi sotilmoqda, O‘zining haqiqiy banan rangdagisi iyul oyining oxirida xaridorlar qo‘liga tegadi.