Barcha iPhone 12’larning narxlari aytildi: boshlang‘ich modeli iPhone 11’dan ham arzon!

  •   DiMaX
  •  42752
  •  25.04.2020 13:44

Barcha iPhone 12’larning narxlari aytildi: boshlang‘ich modeli iPhone 11’dan ham arzon!

Apple korporatsiyasi hali iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining taqdimot vaqti borasida bir to‘xtamga kelmagan. Ammo ularning to‘rt xil rusumda chiqishi va har birining xususiyatlari haqida yozganmiz.

O‘QING: iPhone 12’larni bu yil kutmay qo‘yavering!

Endi esa ularning narxlari haqida ma’lumot internetga chiqdi. Chon Xun Li (Chung-Hoon Lee) ismli insayderga ko‘ra, iPhone 12’larning boshlang‘ich modeli hatto iPhone 11’dan ham past baholanadi.

iPhone 11 dastlab savdoga chiqqanida 700 dollarga baholangan bo‘lsa, bazaviy rusumdagi – 5,4 dyuymlik iPhone 12 uchun taxminan 600–700 dollar orasida narx belgilanadi. Bunga erishish uchun LG yoki Samsung emas, balki Xitoylik taniqli displeysoz – BOE Technology taqdim etgan arzonroq matritsa qo‘llanadi. Mazkur kompaniya o‘tgan yili naycha shaklida o‘raluvchi ekranli smartfonni videoda ishlatib ko‘rsatgan.

Diagonaliga 6,1 dyuymlik OLED-displeyli iPhone 12 narxi 750 dollardan boshlanadi. Ekrani 6,1 dyuymlik iPhone 12 Pro hamda 6,7 dyuymlik iPhone 12 Pro Max uchun esa tegishlicha 1000 va 1100 dollardan boshlanuvchi narxlar belgilanadi.

O‘QING: Bu yil Apple chiqaradigan 15 xil yangi devays bilan tanishamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!