DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1995
  •  13.06.2020 12:38

DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Qurilmalarning kamera imkoniyatlarini professional tekshiruvchi DxOMark laboratoriyasi gadjetlarning ovoz yozib olish va yangratishini ham baholay boshlaganidan xabaringiz bor. Uning jamoasi yaqinda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi smartfonlarni ma’lum qildi.

O‘QING: Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

DxOMark laboratoriyasi bunda smartfonlarning asosiy va old kamerasi orqali suratga olish va video tushirish mahortini, shuningdek, ovoz yozib olish va uni yangratish imkoniyatlarini hisobga olgan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, oltita toifa bo‘yicha eng zo‘r kamerofonlar quyidagilardir:

  1. Foto – Huawei P40 Pro
  2. Video – Huawei P40 Pro
  3. Keng burchakli kamera – Samsung Galaxy S20 Ultra
  4. Tungi s’yomka – Huawei P40 Pro
  5. Zum – Huawei P40 Pro
  6. Boke effekti – Samsung Galaxy Note 10+ 5G

Ko‘rib turganingizdek, to‘rtta yo‘nalishda Huawei P40 Pro g‘olib bo‘lgan. Umuman olganda, mazkur flagman DxOMark reytingida 125 ballik natija bilan rekord o‘rnatgan va haligacha uning tengi chiqmagan.

O‘QING: Eng qimmat Huawei hamda Xiaomi flagmanlarining kamera jangi! («jonli» video)

DxOMark nazdidagi eng kuchli selfifonlar reytingini ham shu flagmanning o‘zi band etgan:

  1. Foto – Huawei P40 Pro
  2. Video – Huawei P40 Pro

Laboratoriya mutaxassislariga ko‘ra, eng zo‘r audiosmartfonlar boshqalardir:

  1. Ovoz yozish bo‘yicha – Honor V30 Pro
  2. Ovoz yangratish bo‘yicha – Xiaomi Mi 10 Pro

O‘QING: Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!