Eksklyuziv video: AQSh prezidentining «Oxirzamon samolyoti»ni ichkaridan tomosha qilamiz!
Amerikaning Boeing E-4 yoki E-4B Nightwatch samolyotlari havodan boshqaruv punkti vazifasini o‘taydi. Ularni shuningdek, «Oxirzamon samolyoti» yoki «Qiyomat qoyim samolyoti» dab ham atashadi.
O‘QING: “Uchar tobutlar”: AQShda beshta eng yomon jangovar samolyotlar reytingi e’lon qilindi
Ta’kidlash kerakki, mazkur havo kemalari o‘ta favqulodda vaziyatlarda AQSh prezidenti va boshqa harbiy rahbariyat a’zolarini qabul qilishga mo‘ljallangan. Yerdan turib boshqarish tizimlari buzilgan (masalan – yadro hujumi oqibatida) taqdirda ular shu samolyot bortidan turib faoliyat yuritishlari ko‘zda tutilgan.
Shunday samolyotlardan birining salonini CNBC telekanaliga ko‘rsatishdi. Mana, uni birga tomosha qilamiz:
Ayni damda AQSh Harbiy havo kuchlari arsenalida shunaqa samolyotdan to‘rttasi mavjud. Ular uzoq masofalarga uchishga mo‘ljallangan, keng fyuzelyajli va ikki palubali Boeing 747 yo‘lovchi samolyoti bazasida yaratilgan.
Ekipaj a’zolaridan biri CNBC’ga bergan intervyusida shunday degan: «Bu – go‘yoki zaxiradagi Pentagon. Haftada 7 kun, sutkaning 24 soatida bitta shunday samolyot parvozga shay holda turadi».