«Energetik monstr» – Redmi 9 Power: taqdimot kuni, Redmi Note 9 4G modelidan farqlari va rasmiy videosi

  •   DiMaX
  •  1006
  •  11.12.2020 09:53

«Energetik monstr» – Redmi 9 Power: taqdimot kuni, Redmi Note 9 4G modelidan farqlari va rasmiy videosi

Yaqinda biz Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi Redmi 9 Power rusumli smartfon namoyish etishi haqida yozgan edik. O‘shanda uni Xitoyda taqdim etilgan boshqa bir – Redmi Note 9 4G modelining Hindiston bozoriga mo‘ljallab reneyming qilingan kloni, deyishayotgan edi. Lekin endi yangi qurilmaning undan farq qiluvchi jihatlari borligi ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

Xiaomi India boshqaruvchi direktori va global vitse-prezidenti Manu Kumar Djayn (Manu Kumar Jain) o‘zining Twitter-akkaunti orqali Redmi 9 Power namoyish sanasini tasdiqladi:

Redmi 9 Power modelining Redmi Note 9 4G smartfonidan farqi – qo‘shimcha 2 megapiksellik makrokamerasidir, deyishmoqda insayderlar. Qolgan jihatlari o‘sha modelniki bilan bir xil bo‘lib, ular bilan mana bu xabarimizda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

Redmi 9 Power modelining asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – naq 6000 mA/soatlik akkumulyatori bo‘ladi. Redmi brendi shunga urg‘u berib, uni «Energetik monstr» yoki «Quvvat monstri» deya ta’riflamoqda.

Modelning nomida ham, quyidagi reklama roligida ham shunga e’tibor qaratilgan:

Insayderlar ushbu smartfonning keyinroq boshqa bozorlarga Xiaomi Redmi 9T nomi ostida chiqishini aytishmoqda. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga MIUI 12.5 keladi: nimalari bor?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!