Eng arzon Samsung smartfoni – Galaxy M01 haqida Geekbench xushxabar berdi!

  •   DiMaX
  •  1562
  •  18.03.2020 11:14

Eng arzon Samsung smartfoni – Galaxy M01 haqida Geekbench xushxabar berdi!

Samsung kompaniyasi avvalroq o‘rta narxli smartfonlar turkumining eng arzon vakili – Galaxy A01 modelini taqdim etgandi. Kompaniya boshqa hamyonbop telefonlarida ham Qualcomm protsessorlarini qo‘llash – eng to‘g‘ri yo‘l ekanini anglab yetdi.

O‘QING: Samsung eng kutilayotgan – AMOLED-ekranli, zo‘r akkumulyator, protsessor, kamerali va arzon smartfoni taqdimotini kechiktirdi

Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida kuni kecha paydo bo‘lgan ma’lumot Samsung sir tutayotgan yana bitta smartfonni fosh etdi. Mazkur benchmarkda SM-M015G kodli raqami ostida sinovdan o‘tgan ushbu qurilma bozorga Galaxy M01 modeli sifatida taqdim etiladi.

Quvonarlisi shundaki, Samsung ushbu eng arzon smartfonida ham Snapdragon chipsetini qo‘llayapti. Yaxshi ma’lumki, protsessorlar borasida baribir Qualcomm kompaniyasi yetakchi. Hatto janubiy koreyalik texnogigantning o‘zi ham bu borada unga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti.

O‘QING: Samsung to‘rt xil Galaxy A smartfoniga Android 10 bazasidagi One UI 2.0 tarqatyapti

Galaxy M01 smartfonida maksimal 2,02 gigagerslik takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Qualcomm protsessori qo‘llangani ma’lum. Aftidan, bu – Galaxy A01 apparat ta’minoti asosida yotgan Snapdragon 439 bo‘lsa kerak.

Geekbench servisida tekshirilgan ushbu telefon namunasi 3 gigabaytlik tezkor xotiraga ega, lekin uning boshqa modifikatsiyalari ham bo‘lishi kerak. Guvohi bo‘lganingizdek, yakka yadroli imtihonda u 856 ball, barcha yadrolarini ishlatib sinalganida esa 3327 ball to‘plagan.

Galaxy M01’ning boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot mavjud emas. Lekin uning boshqa jihatlari ham Galaxy A01 kabi bo‘lishi, ya’ni yirik ekran va sig‘imdor akkumulyator bilan ta’minlanishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!