Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  1381
  •  06.07.2021 16:23

Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

Biz kuni kechagina AnTuTu benchmarkida joriy yilning iyun oyidagi tekshiruvlarga asoslangan ikkita reytingni e’lon qilganmiz. Bulardan biri o‘z egalarini rozi qilgan o‘nta smartfon bo‘lsa, ikkinchisi eng tezkor Android-smartfonlar ro‘yxatidir.

O‘QING: Benchmarkda yangi Samsung protsessori iPhone 12 Pro Max’nikidan ham o‘zib, rekord o‘rnatdi!

Yana bir benchmark servisi – Master Lu mobil operatsion tizimlarning silliq ishlashi, ravonligi bo‘yicha reytingni yangiladi. Unda birinchi o‘rin Huawei Mate 40 Pro 4G modeliga berildi. Aytish kerakki, bu – Huawei kompaniyasi o‘zining HarmonyOS 2.0 operatsion tizimida chiqargan ilk smartfondir.

Eng ravon operatsion tizimli smartfonlarning kuchli uchtaligiga Huawei Mate 40E 4G (HarmonyOS 2.0 tizimli) hamda Honor 50 Pro (Android tizimi ustida Magic UI interfeysli) smartfonlari kirgan.

Master Lu mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, ushbu reytingni tuzish uchun ular barcha mazkur smartfonlarda 22 ta ilovani ishga tushirib ko‘rishgan. Aynan yangi – HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bunda tezkorlik va silliq ishlash bo‘yicha yetakchilikka erishgan.

O‘QING: Nokia brendining Android’siz flagmanlari: 6000 mAs batareya va 200 MPlik kamera!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.