Eng tezkor Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  1194
  •  03.08.2021 14:58

Eng tezkor Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

AnTuTu benchmarki Android-smartfonlar samaradorligi reytingini yangiladi. TOP-o‘ntalikka kirgan qurilmalar turli brendlarga mansub, ammo bari Qualcomm Snapdragon 888 protsessoriga asoslangan.

O‘QING: Snapdragon 888 chipli va 144Hz AMOLED-ekranli AnTuTu «qiroli» bor-yo‘g‘i 470 dollarga baholandi!

Bir necha oydan beri ushbu reytinglarda birinchi o‘rindan tushmay kelayotgan Black Shark 4 Pro modeli iyulda ham g‘olib bo‘lgan. Xiaomi korporatsiyasining o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan brendiga mansub mazkur flagman 854 439 ballik natija ko‘rsatgan.

Ikkinchi o‘rin egasi ham o‘zgarmagan – ZTE korporatsiyasining Nubia brendiga mansub Red Magic 6 Pro geymerofoni 831 163 ball olgan. Kuchli uchlikdan yana «aslo qotmas» smartfonlar ijodkorining OnePlus 9 Pro flagmani ham joy olgan – 822 338 ball.

Ko‘rib turganingizdek, eng qudratli flagmanlar o‘ntaligiga yana tegishlicha OPPO Find X3 Pro (818 309 ball), Realme GT (808 852 ball), OnePlus 9 (807 935 ball), Vivo X60 Pro+ (806 746 ball), iQOO 7 (806 625 ball), Meizu 18 (790 387 ball) hamda Xiaomi Mi 11 Ultra (787 450 ball) modellari kirgan.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» vloger: «2021 yilning eng mustahkam geymerofoni shu ekan!» (video ball)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!