Eng yirik 5G tarmoqlaridagi internet tezligini taqqoslab ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  2766
  •  15.06.2020 13:54

Eng yirik 5G tarmoqlaridagi internet tezligini taqqoslab ko‘ramiz

Dunyodagi bir nechta mamlakatlarda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i allaqachon ishga tushgan. Bloomberg nashri ulardan eng yiriklarida internet tezligini qiyoslab ko‘rdi.

O‘QING: Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!

5G infratuzilmasi hozircha Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiyada nisbatan to‘liq ishga tushgan. Shuni hisobga olgan Bloomberg o‘z jurnalistlarini 5G-smartfonlar bilan ta’minlab, internet tezligini sinab ko‘rish uchun u yerlarga jo‘natdi. Aniqrog‘i – to‘rt nafar reportyor tegishlicha Seul, Pekin, Tokio hamda Gonkong shaharlarida tajriba o‘tkazishdi.

Seul shahridagi 5G tarmog‘ida internetning maksimal tezligi soniyasiga 1,2 gigabitni, o‘rtacha tezligi esa — 500 megabitni tashkil etdi. Pekinda esa mazkur ko‘rsatkich tegishlicha 546 Mb/soniya hamda 525 Mb/soniyaga teng bo‘ldi. Jurnalist mashinada ketayotganida ham uning qo‘lidagi Huawei P40 Pro smartfoni hech bir muammosiz 1080p sifatida onlayn-video ko‘rsata olgan.

O‘QING: 10 yilda internet tezligi qancha oshdi va O‘zbekistondagi holat qanday? (Speedtest reytingi)

Gonkong shahridagi beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida internetning eng yuqori tezligi 620 Mb/soniya, o‘rtacha tezligi esa 342 Mb/soniya bo‘lgan. Yaponiya poytaxtida esa mazkur ko‘rsatkichlar tegishlicha soniyasiga 1,4 gigabit va 700 megabitni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan va keyinroq amalda ishga tushirgan. Shuningdek, Uzmobile ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida joriy etgan.

Lekin yaqin orada Yer yuzining barcha hududlariga umuman boshqacha – sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi, tezkor va arzon internet kirib borishi kutilmoqda...

O‘QING: Butun sayyoraga internet tarqatuvchi Starlink saytida allaqachon ulanishga ariza berishingiz mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.