Galaxy S10 va S10+ benchmarklarda iPhone XS Max’ga qarshi: kutilmagan natijalar!

  •   DiMaX
  •  3148
  •  23.02.2019 11:19

Galaxy S10 va S10+ benchmarklarda iPhone XS Max’ga qarshi: kutilmagan natijalar!

Samsung kompaniyasi kuni kecha flagman turkumidagi yangi smartfonlarini taqdim etgan edi. GSMarena mutaxassislari esa ularning eng zo‘r ikkita –  Galaxy S10 va S10+ modellarining samaradorligini sinab ko‘rishdi.

O‘QING: Samsung yubiley flagmanlari – Galaxy S10, Galaxy S10+ va Galaxy S10e smartfonlarini namoyish etdi!

Tadqiqot uchun ushbu uchta smartfon bir nechta ommabop benchmarklarda, jumladan, AnTuTu, GeekBench va GFX 3.0 Manhattan servislarida tekshirib ko‘rishdi. Buni qarangki, mazkur flagmanlarning ishlash tezligi 2018 yili namoyish etilgan iPhone XS Max modelidan ham past chiqdi!

GeekBench testi natijalariga ko‘ra, iPhone XS Max yakka yadroli sinovda Galaxy S10 va S10+ modellaridan ancha ilg‘or:

Bunisiyam mayli, ko‘p yadroli testda koreyaliklarning yangi flagmanlarini nafaqat kupertinoliklarning bulturgi flagmani, balki hatto Xiaomi Mi 9 ham ortda qoldirgan!

AnTuTu benchmarkida ham shunga o‘xshash holat: Apple smartfoni Samsung flagmanlaridan 1000 ochkodan oshiqqa o‘zib ketgan.

Lekin avvalroq AnTuTu servisi mutaxassislari, benchmarkda ayfonlar va Android-smartfonlarning natijalarini taqqoslash to‘g‘ri emasligini aytishgandi.

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!