Geymerlar uchun hamyonbop 5G-smartfon – 144 Gs ekranli Nubia Play chiqdi!

  •   DiMaX
  •  789
  •  22.04.2020 13:22

Geymerlar uchun hamyonbop 5G-smartfon – 144 Gs ekranli Nubia Play chiqdi!

ZTE korporatsiyasining subbrendi Nubia Red Magic 5G geymerofonini yaqindagina namoyish qilgan. Joriy yilning ilk choragida u Master Lu benchmarki reytingida yetakchilik qilmoqda.

O‘QING: AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» yangi rekordchi chiqyapti!

Nubia Red Magic 5G flagmani ekranidagi kadr yangilanish chastotasi 144 gers bo‘lgan dunyodagi ilk smartfon hisobanadi. Kompaniya kecha – 21 aprel kuni xuddi shunday xususiyatga ega navbatdagi o‘yinbop modeli – Nubia Play (yoki Nubia Play 5G) qurilmasini taqdim etdi.

Nubia Play modelining ko‘p jihatlari flagmancha, masalan, unda ham aynan o‘sha Nubia Red Magic 5G modelidagi ekran qo‘llangan. AMOLED matritsali displey diagonaliga 6,65 dyuymlik bo‘lib, Full HD+ formatidagi (2340x1080 piksellik) tasvir aniqligiga ega. Unda ham kadrning yangilanish chastotasi 144 gersga, diskretizatsiya chastotasi esa 240 gersga teng. Natijada tasvir ravon almashadi va teginishda tezkor reaksiya beradi – o‘yin jarayonida bular juda muhim.

Yangi devaysning barmoq izi skaneri ekranga joriy etilgan, old kamera esa displeyning tepasidagi romga o‘rnatilgan.

O‘QING: Biryo‘la 13 ta yo‘nalishda rekordchi yangi smartfonni bilasizmi?

Nubia Play korpusining qirralarida o‘yin jarayonini boshqarish uchun sensorli triggerlar o‘rnatilgan.

Yangi geymerofonning flagmanlardan asosiy farqi – uning «elektron yuragi» sifatida o‘rtacha xususiyatli Snapdragon 765G protsessori tanlanganidir. Lekin beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llashi uchun unga Snapdragon X52 5G modemi ham o‘rnatilgan. Nubia Play qizib ketmasligi uchun suyuqlik bilan ishlovchi ICE2.5 sovitish tizimi joriy etilgan. O‘yinlarga quvvat ko‘p talab etilishini inobatga olib, unga 5100 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatishgan va 30 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlashgan.

O‘QING: Bu rekordchi flagman atigi 15 daqiqadayoq to‘liq quvvatlanib ulguradi!

Nubia Play bosh kamerasi to‘rttalik: 48 MPlik Sony IMX582 sensori (f/1.75) + 8 MPlik keng burchakli (120 darajali) + 2 MPlik makroob’yektiv + 2 MPlik chuqurlik datchigi. Selfilar uchun 12 megapiksellik yakka kamera o‘rnatilgan.

ZTE bu modelini 6/8 gigabaytlik LPDDR4X toifali tezkor hamda, 128/256 gigabaytlik doimiy xotira chiplari bilan ta’minlagan. Zamonaviy USB Type-C portiga hamda NFC moduliga ega bo‘lgan geymerofon Android 10 bazasidagi Nubia UI 8 grafik qobig‘i bilan ishlaydi.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Tezkor/ichki xotira hajmidan kelib chiqib, Nubia Play uchun quyidagicha narxlar belgilangan:

6/128 GB — $340

8/128 GB — $380

8/256 GB — $425

Kompaniya uni mahalliy bozorga qora, ko‘k va oq korpuslarda chiqarmoqchi, lekin Xitoydan tashqarida sotilishi haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!