Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligida yap-yangi lider! (Antutu, 2021 yil may)

  •   DiMaX
  •  1509
  •  11.06.2021 13:55

Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligida yap-yangi lider! (Antutu, 2021 yil may)

Kuni kecha AnTuTu benchmarkida may oyidagi tekshiruvlar natijalari asosida tuzilgan eng qudratli flagmanlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Mazkur jamoa hamyonbop smartfonlar orasida eng tezkorlarining ham reytingini chiqargan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r smartfonlar – beshta reytingda! (AnTuTu, 2021 yil may)

Yuqorida sanab o‘tilgan uchta reyting ham Xitoydagi foydalanuvchilarning AnTuTu benchmarkida amalga oshirgan testlari natijalariga asoslangan edi. Mazkur servis jamoasi butun dunyodagi smartfonlar egalarining tekshiruvlari asosida eng kuchli flagmanlarning global reytingini ham taqdim qilgan va eng qudratli Android-protsessor – Snapdragon 888 bazasidagi eng arzon smartfon g‘olib bo‘lgan!

Benchmark jamoasi yana hamyonbop smartfonlarning ham samaradorlik bo‘yicha global TOP-o‘ntaligini e’lon qildi. Keyingi bir necha oy davomida yuqori o‘rinlardan tushmay kelayotgan modellarni yengib, unda Xiaomi Mi 11 Lite 5G qurilmasi reyting yetakchisiga aylandi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Qualcomm kompaniyasining eng yangi – Snapdragon 780G protsessori ayni mana shu modelda debyut qilgan. Xiaomi ushbu arzonlashtirilgan flagmanni martning oxiridagi mega-taqdimotida namoyish etgan edi.

May oyi reytingida kuchli uchlikka Huawei Nova 7 hamda Honor 30 modellari (tegishlicha 460 141 va 457 220 ball bilan) kirgan.

O‘QING: «iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon ro‘yxatiga yana quyidagi gadjetlar kirgan:

  1. Huawei Nova 7 SE (416 318 ball)
  2. Samsung Galaxy A52 5G (387722 ball)
  3. Xiaomi Mi 10T Lite 5G (386018 ball)
  4. Realme 7 5G (384 549 ball)
  5. Google Pixel 5 (380 524 ball)
  6. Vivo v21 5G (378 682 ball)
  7. Realme X7 5G (377 303 ball)

Ushbu reyting 2021 yilning 1-dan 31 may sanasigacha AnTuTu benchmarkida kamida ming marta test qilingan smartfonlarning o‘rta hisobdagi (eng yuqori emas) natijalari asosida shakllantirilgan.

O‘QING: AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!