Huawei buklanuvchi 5G-smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

  •   DiMaX
  •  535
  •  02.02.2019 15:07

Huawei buklanuvchi 5G-smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

Turli kompaniyalar qayishqoq ekranli buklama smartfonlar ustida ishlayotgani haqida ko‘p xabarlar berganmiz. Ulardan ayrimlarining “jonli” videosi ham tarqalgan.

O‘QING: Galaxy F buklama smartfoni tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtiramiz!

Huawei ham shu oyning oxirida Barselona shahrida bo‘lib o‘tuvchi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida shunday ishlanmasini ko‘rsatmoqchi. Xitoylik texnogigant o‘zining buklama smartfoni taqdimoti uchun taklifnoma tarqata boshladi.

Rasmiy posterda ko‘rsatilganidek, bu qurilma 24 fevral kuni rasman namoyish etiladi. Afsuski, uning xususiyatlari haqida biror ma’lumot yo‘q, lekin hozirgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Huawei buklama smartfoni beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Aytish kerakki, Huawei’dan tashqari yana Samsung, Meizu, Xiaomi, Sony, LG, Oppo, Nubia, Motorola va boshqa brendlar ham buklama smartfon tayyorlayotgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!