Huawei Mate 20: tarmoqlarda yangi flagman haqida ma’lumot tarqaldi
Mate 20 va Mate 20 Pro flagmanlari 16 oktyabrda Londonda taqdim etilishi kerak. Kutilishicha, ikkala qurilma ham 7-nanometrli Huawei Kirin 980 protsessori bilan ta’minlanadi. Bugun ushbu qurilmalarning ishlash samaradorigi bo‘yicha AnTuTu testi natijalari e’lon qilindi. Ushbu xabar orqali qurilmalarning yangi surati va muhim jihatlari bilan tanishib olsa bo‘ladi.
6 GB OZU va 128 GB xotirali smartfonning olgan umumiy bali 313 561 bo‘ldi. Taqqoslash uchun, Xiaomi Mi 8 shunday jihatlari bo‘lsada, Snapdragon 845 chipi bilan atigi 287 469 ball to‘plagandi. Bu esa Kirin 980 chipiga 9 foizlik ustunlik beradi.
O‘QING:Huawei’dan syurpriz: u ham o‘yinbop smartfon – Mate 20X flagmanini tayyorlabdi!
Kompaniyaning ta’kidlashicha, Kirin 980 unga raqobatchi bo‘lgan Snapdragon 845 chipidan ustundir. Bu ustunlik protsessordagi NPU va GPU Turbo neyron tarmog‘i evaziga bo‘ldi. Kirin 980 7 nm texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan va ikkita katta A76 yadroni o‘zida mujassamlashtirgan. Uning chastotasi 2,6 GGs, ikkita o‘rtacha A76 yadrosi esa 1,92 GGs chastotali hamda to‘rtta kichik A55 yadrolisi 1,8 GGs chastotali. Shuningdek, grafikasi Mali-G76.
O‘QING:Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro: iPhone XS’dan ham qimmatmi
Xabarlarga qaraganda, Huawei Mate 20 6,53-dyuymli TFT LCD FHD + displeyiga ega bo‘ladi. Ekrani suv tomchisi tirqishi bilan 2244x1080 piksel formatida. U sakkiz yadroli Kirin 980 chipida ishlaydi va orqa panelida barmoq izi skaneri joylashgan. Batareyasi 4000 mAch sig‘imiga ega.