Innovatsion rivojlanish vazirligi nimalarni qoyillatdi? Hammasiga javob berdi!

Innovatsion rivojlanish vazirligi nimalarni qoyillatdi? Hammasiga javob berdi!

O‘tgan vaqt davomida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qanday ishlarni amalga oshirdi? Vazirlik rasmiy saytida qilgan ishlari haqida yillik hisobotini taqdim etibdi. 

Ta’lim

Ilmiy-tadqiqot muassasalarining 36 nafar ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda oliy ta’lim muassasalarining 78 nafar ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar lavozimiga tayinlangan.

Hisobotda professor-o‘qituvchilar va doktorantlarni malaka oshirish, stajirovka o‘tashlari, konferensiyalarda ishtirok etishlari bo‘yicha jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 47,4 ming AQSh dollarini tashkil etishi yozilmoqda.

Vazirlik ishtirokida 7 ta ilmiy tadqiqot institutlariga 26,1 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritilganligi, bundan tashqari, hozirgi kunda 67 ta oliy ta’lim muassasalariga jami 14,7 mln.AQSh dollaridan ziyod xorijiy investitsiyalar jalb qilinganligi ma’lum qilinmoqda.

Арал

Davlat-ilmiy texnika dasturlari doirasida 2018 yilda jami 1 748 ta loyiha 193,4 mlrd. so‘m miqdorida moliyalashtirilib, shundan amaliy loyihalar tegishliligi bo‘yicha 912 ta va 114,5 mlrd., fundamental loyihalar – 369 ta va 38,2 mlrd., innovatsion loyihalar – 285 ta va 32,9 mlrd., yosh olimlarning amaliy loyihalari – 165 ta va 6,3 mlrd., xalqaro ilmiy-texnik loyihalar esa – 17 ta va 1,3 mlrd. so‘mni tashkil etalgan.

O‘QING: Prezident innovatsion maktabga tashrif buyurdi

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qilingan ishlar

Jamg‘arma tomonidan hozirgi kunga qadar 21 nafar yosh olimlarning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirilgan. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSh dollari hamda 70 mln. so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan.

Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga 117 turdagi jami 158,1 mln. so‘mlik (20,1 ming AQSh dollari) noyob qo‘lyozma va tarixiy manbalar mazkur qo‘lyozma egalari – jismoniy shaxslardan xarid qilingan.

2018 yil 20 avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov e’lon qilingan, 8 nafar yosh olim tanlovdan muvafaqqiyatli o‘tgan.

O‘QING: Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

 Ilg‘or texnologiyalar markazi haqida

Ilmiy va innovatsion loyihalarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ilg‘or texnologiyalar markazi bazasida innovatsion startap akseleratori va inkubator tashkil etililganligi, faoliyat ko‘rsatayotgani aytilmoqda.

Hozirgi vaqtda markazda jami 2,7 mlrd. so‘mlik 18 ta loyiha (fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar) amalga oshirilayotgan ekan.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi,  Yoshlar innovatsiya markazi, Vazirlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Xalqaro molekulyar allergologiya markazilari tashkil etilgan.

Islom taraqqiyot banki va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) ilmiy-texnik ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi hamda Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.

Vazirlik tashabbusi bilan qilingan ishlar

2018/19-o‘quv yilining boshida sinov tariqasida Toshkent Davlat stomatologiya institutida QR Book loyihasini ishga tushirilgan. Mazkur loyiha tez orada boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham tadbiq etilishi rejalashtirilishi aytilmoqda.

QR-Book

«INNOWEEK» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidan o‘rin olgan Xalqaro innovatsion yarmarkada pavilonga yondosh ochiq hududda Spark elektromobilining ikkita namunasi taqdim etilgan. Birinchi namuna Turin politexnika universiteti Toshkent filiali huzuridagi Innovatsiya markazi tomonidan Olcha.uz brendi ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 200 mln so‘mni tashkil etishi ma’lum qilingan. Ikkinchi elektromobil prototipi Urganch davlat universiteti tomonidan St-Energy kompaniyasi ishtirokida yaratilganligi yozilmoqda. Xaftalik doirasida, «INNOWEEK» haftaligi Xalqaro innovatsiyalar yarmarkasi, innovatsion-investitsion forum hamda Xalqaro robototexnika musobaqasi - «International Robotics Challenge» tashkil etilgan.

электромобиль

O‘QING:“INNOWEEK” haftaligi o‘z ishini boshladi

Cog‘liqni saqlash sohasida

Toshkentda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida Doktor Maksudova innovatsion klinikasi ochilgan va Memorandum imzolangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida ham innovatsion klinikalardan biri 2019 yil uchinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan.

ДМС

Vazirligi hamda Vena tibbiyot universiteti (Avstriya) hamkorligida yurtimizda birinchi marta Toshkent shahrida ikkita eng so‘nggi avlod VPPS 2010 chang qopqonlari o‘rnatilgan. Endi poytaxtimiz aholisida mavsumiy allergiyalarni nazoratga olish imkoniyati paydo bo‘lganligi aytilmoqda. 2018 yil 18 iyulda VPPS 2010 so‘nggi avlodining ekologik chang qopqonlari xaridi uchun 18,2 ming yevrolik shartnoma tuzilgan. Mavjud shartnomaga asosan 9,6 ming yevrolik chang qopqonlari va butlovchi qismlari yurtimizga keltirilgan.

Respublika aholisining allergik kasalliklarini aniqlash uchun ultra-zamonaviy biologik mikrochiplar va skaner xaridi uchun «Macro Array Diagnostics GmbH» (Avstriya) kompaniyasi bilan 2018 yil 7 avustda 80,0 ming yevro miqdorida shartnoma tuzilgan. Tuzilgan shartnomaga muvofiq mikrochiplar va skaner to‘liq yetkazib berilgan.

 O‘QING: O‘zbekistonda innovatsion allergiya pasporti yaratildi

Qishloq xo‘jaligida

Xalqaro-urug‘chilik Federatsiyasi va boshqa urug‘chilik assotsiatsiyalari bilan aloqalar o‘rnatilgan. Ushbu tajribadan kelib chiqib, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham urug‘chilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlangan. Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun har bir klasterga 10 mln. AQSh dollaridan, jami 60 mln. AQSh dollari ajratilayotgani, shuningdek, Turkiyaning «Agrobest» va Yaponiyaning «Musashino Seed Co., Ltd.» kompaniyalari bilan hamkorlikda urug‘chilik klasterlarini tuzishga kelishilganligi aytilmoqda.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida «Qo‘qon klaster» va «Qarshi-klaster» urug‘chilik korxonalarini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari tayyorlangan. Mahalliy investorlar “Sidbad” MChJ va “Kamol Sulton” f/x tomonidan mazkur loyihalar uchun 2,5 mln. AQSh dollaridan investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan.

O‘QING: “Aqlli qishloq”da ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yanada yaxshilanadi

Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi 

43 ta ishlanmani tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq barcha masalalarga Fanlar Akademiyasining 15 ta ilmiy tekshirish institutlari va 6 ta tijorat banklari jalb etilgan. Tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq 18 ta loyiha bo‘yicha innovatsion kompaniyalar ochilgan, 9 ta loyiha bo‘yicha litsenziya shartnomasi imzolanganligi yozilmoqda.

Vazirlik tashabbusi tashkil etilgan tanlovlar

  • «Taraqqiyot» respublika tanlovi;
  • Birinchi milliy innovatsion tadqiqotlar tanlovi;
  • «Startap» loyihalari tanlovi

O‘QING: Vazir: dunyoning 50 ta eng kuchli mamlakati qatoridan joy olishni ko‘zlaganmiz

2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalari bo‘yicha grant tanlovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida shakllantirilib e’lon qilingan.

Hisobotda 2019 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalari 9 tani tashkil etishi, bular xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilganligi aytilmoqda.

Mazkur loyihalarning 6 tasi bo‘yicha manbasi va hajmi aniqlashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymat 335,7 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan, 150,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiya asosida Toshkent shahrida davlat-xususiy sherikchilik asosida ko‘p tarmoqli jarrohlik markazini qurish rejalashtirilganligi yozilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!