iPhone ta’mirlash jarayonidayoq portlab ketdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  882
  •  31.07.2019 12:38

iPhone ta’mirlash jarayonidayoq portlab ketdi! (+video)

Smartfonlar va boshqa gadjetlarning eng xavfli qismlaridan biri akkumulyator hisoblanadi. Jumladan, biz Samsung, Xiaomi, Apple va boshqa ishlab chiqaruvchilarning turli devayslari aynan batareya tufayli portlab, yonib ketgani haqida ko‘p xabarlar berganmiz.

O‘QING: 11 yashar qizning qo‘lidagi iPhone yonib ketdi! (+video)

Reddit sayti foydalanuvchilaridan biri esa bevosita ta’mirlash jarayonida iPhone portlab ketgani aks etgan videoni e’lon qildi. Uning izohlashiga ko‘ra, smartfonini quvvatlashga qo‘yganida, batareyasi shishganligini ko‘rgan. Shunda uni ta’mirlatish uchun vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga emas, balki smartfonning oldingi egasi bo‘lmish tanishiga olib borgan. Unisi esa gap nimada ekanligini aniqlash uchun ayfonni ocha boshlagan va...

Yaxshisi, o‘zingiz tomosha qiling:

Replacement phone I got exploded in my face the other day. Luckily my work got it on video. from r/Wellthatsucks

Portlab ketgan iPhone modeli ma’lum qilinmagan, lekin baribir bundan tegishli xulosalar chiqarish mumkin. Avvalo, akkumulyatori shishgan devaysni aslo ishlatmang – istalgan vaqtda yonib ketishi mumkin. Qolaversa, bunday vaziyatda gadjetni o‘zingiz ta’mirlashga urinmang – aks holda shu videodagi chala ustaning ahvoliga tushishingiz hech gapmas.

Va nihoyat, qurilmangiz va uning akkumulyatori me’yorida xizmat qilishi uchun, tegishli xavfsizlik qoidalariga amal qiling.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.