Jahondagi eng arzon pentakamerali smartfon chiqdi, yana NFC chipiyam bor! (+video)

  •   DiMaX
  •  5240
  •  11.07.2020 10:39

Jahondagi eng arzon pentakamerali smartfon chiqdi, yana NFC chipiyam bor! (+video)

Apple korporatsiyasi kvadrat blokli kameraga ega ayfonini taqdim etishga ulgurmay turib, unga o‘xshash Cubot X20 Pro smartfoni chiqqan edi. Tag‘in, bu xitoylik kompaniya uni atigi 200 dollarga baholagan.

O‘QING: X — xaypojorlar. Kim iPhone X’ dan nusxa ko‘chirayapti?

Mazkur smartfonsoz endi Cubot X30 modelini namoyish etdi va u bosh kamerasi beshta datchikka ega bo‘lgan smartfonlar orasida eng arzoni sifatida maydonga tushyapti.

Cubot X30 diagonaliga 6,4 dyuymlik ekranga ega, displeyning tasvir aniqligi FullHD+ formatida (1080x2310 piksellik). Uning «elektron yuragi» sifatida MediaTek Helio P60 protsessori tanlangan. Smartfon tezkor/ichki xotira hajmiga ko‘ra ikki xil – 6/128 hamda 8/256 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

Mazkur smartfonning akkumulyatori 4200 mA/soatlik; barmoq izi skaneri esa korpusning yon qirrasida joylashgan. Arzon turkumga mansub bo‘lsa-da, Cubot bu modelini NFC moduli bilan ham ta’minlagan.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Cubot X30 gadjetining eng qiziqarli jihatlaridan biri, tabiiyki, bosh kamerasidir. Unda asosiy sensor sifatida 48 megapiksellik Samsung S5KGM1 moduli qo‘llangan. Keng burchakli kamera datchigi 16 megapiksellik, makrokamera 5, chuqurlik sensori – 5, beshinchi modul esa 0,3 megapiksellik aniqlikda.

Kompaniya selfi-kamera borasida ham ziqnalik qilmagan – romsiz ekran tirqishiga 32 megapiksellik old kamera o‘rnatgan.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Kompaniya ushbu mahsulotini 27 iyul kuni, atigi 149 AQSh dollaridan savdoga chiqaradi. Quyidagi lavhada Cubot X30 smartfoni bilan batafsil tanishish mumkin:

Eslatib o‘tamiz, Cubot yaqinda NFC chipiga, kvadrokameraga va 128 gigabaytlik ichki xotiraga ega Cubot P40 modelini chiqargan. Samsung kompaniyasining Galaxy S20 turkumidagi flagmanlariga o‘xshash dizaynli mazkur smartfonni u atigi 90 dollardan sota boshlagan edi.

O‘QING: Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!