Janubiy Koreya flagmani DxOMark’da sharmanda bo‘ldi – atigi 41-o‘rin!

  •   DiMaX
  •  1208
  •  24.07.2020 15:42

Janubiy Koreya flagmani DxOMark’da sharmanda bo‘ldi – atigi 41-o‘rin!

DxOMark laboratoriyasi Samsung kompaniyasining Galaxy S20+ smartfoni kamerasini tekshirishganida, bor-yo‘g‘i 10-o‘rinni olgan edi. Hozir bu flagman yanada pastlab ketgan – uni dastlab OnePlus 8 Pro yenggan bo‘lsa, kuni kecha hamyonbop Redmi K30 Pro Zoom Edition har ikkalasidan va hatto iPhone 11 Pro Max ’dan ham ustun kelib, kuchli o‘ntalikka kirgan.

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Mazkur professional test servisi endi DxOMark laboratoriyasi LG V60 ThinQ flagmanining ham kamera imkoniyatlarini tekshirib ko‘rdi. Aytish kerakki, ushbu modeli Qualcomm kompaniyasining ilg‘or Snapdragon 865 protsessori bazasidagi ilk flagmanlardan biri edi. Uning bosh kamerasida asoiy datchik 64 megapiksellik bo‘lib, yana 13 MPlik o‘ta keng burchakli modul hamda ToF-kamerasi ham bor.

Shunga qaramasdan, LG V60 suratkashlik bo‘yicha juda orqada ekanligi ma’lum bo‘ldi: ekspertlar uning rasmga tushirishiga 103, video olishiga esa atigi 93 ball berishdi:

Mutaxassislarga ko‘ra, harakatsiz holatda suratga tushirganda LG V60 kamerasi zo‘r, lekin ayrim vaziyatlarda kontrast yetishmaydi. Boshqa smartfonsozlarning flagmanlariga solishtirganda, bunisida hatto yaxshi yoritilgan sharoitda ham kadrda “shovqin”lar darajasi yuqori. Avtofokus «aniq, lekin sekin». Smartfonda teleob’yektiv kamera yo‘qligi ham uning suratga yaxshi ola bilmasligiga sababchi bo‘lgan.

Xullasi kalom, LG V60 ThinQ bu testda olgan umumiy bahosi atigi 100 ballga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bilan u DxOMark reytingida hatto TOP-qirqtalikka ham kirmagan! Uning kamera testi tafsilotlari bilan mana bu havola orqali batafsil (inglizchada) tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!