Kutilmaganda Android 11 taqdimot tadbiri ham bekor qilindi!
Google kompaniyasi ham koronavirus tufayli tadbirlarni bekor qilish tendensiyasiga qo‘shildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yil uning Google I/O konferensiyasi o‘tkazilmaydi.
O‘QING: Facebook dasturchilar konferensiyasi bekor qilindi
Google I/O anjumanlari shunisi bilan muhimki, qidiruv giganti odatda ushbu tadbirlarda Android operatsion tizimining yangi versiyalarini namoyish qilib keladi. Endi bu yilgisining bekor qilinganligi sababli, navbatdagi – Android 11 talqini hamda yangi avlod Pixel smartfonlarining anonsi qachon bo‘lishi noma’lum bo‘lib qoldi.
Dastlabki rejaga ko‘ra, Google I/O 2020 konferensiyasi 12–14 may kunlari San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uning bekor qilinganligi munosabati bilan Google ushbu tadbir uchun biletlar sotib olganlarga pullarini qaytara boshladi.
O‘QING: Dasturchilar uchun Android 11 taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!