Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!

  •   DiMaX
  •  1643
  •  12.08.2020 13:55

Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!

Bugungi kunda turli gadjetlarda asosiy portlardan biri bo‘lgan USB tirqishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lgani bilan, USB Type-C kabi simmetrik emas. Unga kabelni yoki fleshkani ulayotib, siz ham aksariyat hollarda adashib teskari tiqishga urinasiz-a?

O‘QING: Kompyuter va noutbukni fleshka va qattiq disklarni xavfsiz sug‘uriladigan qilib sozlaymiz

USB standartining yaratuvchilaridan biri Ajay Bhatt ham tirqishni nosimmetrik qilish yechimini ahmoqona, deb atagan. Lekin o‘shanda bu – iqtisodiy jihatdan eng maqbul yo‘l bo‘lgan. Zero, simmetrik, ya’ni ikki tomonidan ham bir xil ishlaydigan bo‘lishi uchun ko‘proq simlar va mikrosxemlar talab etilar, bu esa ishlab chiqarishda qimmatga tushar edi.

Xo‘sh, fleshka yoki kabelni USB-tirqishga to‘g‘ri kiritishning eng sodda usulini bilib qo‘yishga nima deysiz?

Buning uchun fleshkani yoki kabel boshchasini qo‘lingizga olib qarasangiz, har ikki tomonida bir xilda – ikkitadan kvadrat teshikchalarni ko‘rasiz. Bir tarafidagi juft teshikchadan uning ichidagi plastikni, ikkinchi tarafida esa – ichidagi kontaktlarni ko‘rish mumkin. USB ichidagi plastik har xil rangda bo‘lishi mumkin, ko‘pincha qora, oq yoki ko‘k ranglarni ishlatishadi.

Kompyuter va boshqa qurilmalardagi USB-tirqishlar shunday o‘rnatilganki, unga kiritiladigan fleshka (yoki kabel) USB-ulagichida o‘sha bir juft teshikchadan plastik emas, aynan kontaktlar ko‘rinadigan tomoni yuqoriga qilib tiqiladi. Ayni shu tomoni fleshkaning «old» tomoni hisoblanib, unga ishlab chiqaruvchi logotipi tushirilgan bo‘ladi. Kabel boshqachining esa shu tomonida USB belgisi ham mavjud.

Agarda kompyuterda USB-tirqish tikka holatda o‘rnatilgan bo‘lsa ham shu tamoyilga asoslanasiz: USB-ulagichining «old» tomonini yuqoriga qaratgan holda ushlab, soat mili yo‘nalishida 90 darajada aylantirasiz.

Agar USB-boshchaning «old» tomonini farqlashga odatlansangiz, yuqoridagi layfxak orqali uni doim birinchi urinishdayoq to‘g‘ri kiritadign bo‘lasiz.

O‘QING: USB orqali ulangan telefon yoki planshetni kompyuter «ko‘rmay» qolsa nima qilish kerak?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!