«Malika»dagi do‘konlar nega ishlamayapti?

  •   DiMaX
  •  3213
  •  12.04.2018 13:42

«Malika»dagi do‘konlar nega ishlamayapti?

Xalq tilida ko‘proq «Malika» bozori deb yuritilayotgan «Fleshka» texnomarkazi hududidagi aksariyat do‘konlar bir necha kundan beri faoliyat ko‘rsatmayapti. Repost nashri o‘z manbalariga tayangan holda buning sababini ma’lum qilgan.

O‘QING: "Malika"dan maxsus: Xiaomi'ning yaxshi sotilayotgan 10 smartfoni

Xabarga ko‘ra, «Fleshka» texnomarkazi avvalroq Toshkent shahar hokimiyati balansiga o‘tkazilgan ekan. So‘ng hokimiyat bozordagi do‘konlarni ijaraga berish huquqini boshqa kompaniyaga taqdim etgan. Ijaraga beruvchining talablaridan biri sifatida ijara shartnomasi faqat yuridik shaxslar bilangina tuzilishi belgilangan.

Shu tariqa, bozor hududidagi ko‘pgina savdo nuqtalarining vaqtinchalik yopilishi ijaraga oluvchilarning tegishli hujjatlarni tayyorlashlari bilan bog‘liq. Xabarda aytilishicha, ularning aksariyati shu paytgacha yuridik shaxs emas, balki xususiy tadbirkor sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Demak, ma’lum bir muddatdan so‘ng bozordagi barcha savdo nuqtalari to‘laligicha o‘z faoliyatini davom ettirishadi. Shuningdek, bundan keyin sotuvchilar o‘z tovarlarini do‘kon hududidan tashqariga chiqarib sotuvga qo‘yishlari ham ta’qiqlanishi kutilmoqda.

Ayni damda «Fleshka» texnomarkazi hududidagi do‘konlaridan ayrimlari to‘laqonli faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, «Terabayt.uz» sayti hamkorlari – «Asaxiy.Uz» hamda «Olcha.Uz» buyurtma asosida smartfon va boshqa devayslar savdosini ham yo‘lga qo‘yishganini eslatib o‘tmoqchimiz. Ularda narxlar «Malika» bozoridagidan qimmat emasligi hamda xarid qilingan tovarni butun O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib berish servisi mavjudligi esa sizga yanada ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 7 aprel)

Xususan, Olcha.uz’da mijozlar uchun qulay bo‘lgan to‘lov shakllari (naqd pul va UzCard tizimidagi elektron to‘lovlar)ning barchasi joriy etilgan.

Onlayn xaridingiz kunning istalgan paytida mamlakatimizning istalgan chekkasiga sanoqli soatlar ichida yetib boradi!

Shuningdek «cash-on-delivery» to‘lov usuli ham yo‘lga qo‘yilgan – demakki, xaridingiz haqqini buyurtma qo‘lingizga tekkanida ham to‘lashingiz mumkin.

Bundan tashqari, yangidan-yangi mahsulotlar, chegirmalar, sovg‘a-salomlar, aksiyalar – Olcha.uz’da!

Batafsil ma’lumot Olcha.uz sayti yoki +998(71) 202-202-1 telefon raqami orqali.

O‘QING: MDC, Meizu, OnePlus, Alcatel va Mandalina smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 7 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!