MIUI 12 «super oboy»lari tushadigan smartfonlar ro‘yxati + «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalar

  •   DiMaX
  •  8377
  •  28.04.2020 16:02

MIUI 12 «super oboy»lari tushadigan smartfonlar ro‘yxati + «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalar

«Xitoycha Apple» kuni kecha Xiaomi Mi 10 Youth Edition kamerofonini hamda MIUI 12 grafik qobig‘ini taqdim etgan. Yangi dasturiy ta’minotini Xiaomi ilg‘or jihatlari sababli iOS operatsion tizimiga teng, deya maqtanmoqda.

O‘QING: Xiaomi rasman MIUI 12 beta-testini va unga yangilanuvchi smartfonlarni e’lon qildi

Taqdimotidan keyingi o‘tgan taxminan bir sutka ichida MIUI 12 grafik qobig‘ini bir milliondan oshiq Xiaomi va Redmi smartfonlariga yuklab olishgan. Ammo keyin ma’lum bo‘lishicha, undagi muhim o‘ziga xosliklardan biri – «super oboy»lar (Super Wallpaper) ularning hammasida ham ishlamas ekan.

MIUI rasmiy saytida «super oboy»lar tushdigan smartfon modellarining rasmiy ro‘yxati e’lon qilindi:

  1. Xiaomi Mi 10 Pro
  2. Xiaomi Mi 10
  3. Xiaomi Redmi K30 Pro
  4. Xiaomi Mi 9
  5. Xiaomi Mi 9 Transparent Edition
  6. Xiaomi Redmi K20 Pro
  7. Xiaomi Redmi K20 Pro Exclusive Edition
  8. Xiaomi Mi 9 Pro 5G
  9. Xiaomi Mi 8
  10. Xiaomi Mi 8 Screen Fingerprint Edition
  11. Xiaomi Mi Mix 3
  12. Xiaomi Mi 8 Explorer Edition

Qolgan rusumlardagi smartfonlarga MIUI 12 o‘rnatilgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar Super Wallpaper o‘rniga ularning statik versiyalari bilan cheklanishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 10 Lite Zoom: arzon 5G-smartfonda olingan suratlar hayratga soladi!

Garchi Xitoydan tashqaridagi foydalanuvchilarga MIUI 12 hali taqdim etilmagan bo‘lsa-da, undagi oboylardan allaqachon foydalanish mumkin. Taniqli tarmoq informatori Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) o‘zining Twitter-akkauntida MIUI 12 oboylarining to‘liq jamlanmasiga havola e’lon qildi. Marhamat, siz ham ushbu havola orqali o‘tib, smartfoningiz ekraniga yangi qiyofa baxsh eting!

Shu bilan birga, internetda MIUI 12 grafik qobig‘idagi «jonli» oboylar (Live Wallpapers) to‘plami ham e’lon qilindi. E’tibor bering: bu – yuqoriroqdagi ro‘yxatga kirgan modellargagina tushadigan «super oboy»lar (Super Wallpaper) emas. Shunday ekan, siz ham mana bu havola yordamida uning arxivini yuklab olib, ichidagi APK-fayllarni chiqarib, smartfoningizga o‘zingiz o‘rnatib olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: 140 dollarlik Redmi Note 9 (Redmi 10X) taqdimot kuni e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!